2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolarni bartaraf etilmoqda

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Xorazm viloyati sektor rahbarlari tomonidan shahar va tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan navbatdagi sayyor qabullar Qo‘shko‘pir tumani aholisi uchun 2019 yilning 18 noyabrь kuni tumandagi “Oshaq qal’a” va “Adolat” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda  fuqarolarning o‘ttizdan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlar asosan, aholi yashash hududlarini ijtimoiy infratuzilmasini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordamlar berilishi, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek fuqaroviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabulda fuqarolar tomonidan berilgan ariza, taklif va shikoyatlarini imkon qadar qisqa muddatlarda qonuniy hal qilishga alohida e’tibor qaratdi. 

Asosiysi, qabul jarayonida murojaat etgan ikki nafar fuqaroga nogironlik aravachalari, ijtimoiy himoyaga muxtoj uchta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Shuningdek sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlik bo‘yicha tushuntirishlar ham berildi.

16.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar