Jizzax viloyatining Paxtakor tumani 1967-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda aholi soni 72 ming 800 nafarni tashkil etadi.
Asosiy infratuzilma ob’ektlari barpo etilgan vaqt Jizzax cho‘llarini o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri keladi. Afsuski, o‘zining qadoq qo‘llari bilan rizq yaratgan, cho‘llarni obod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan cho‘lquvarlar faoliyati, ularning mehnatiyu, yutuqlari haqida maqtov gaplar ko‘p gapirilsada, amalda ularning turmush ahvoli o‘z holiga tashlab qo‘yildi. Salkam yarim asr davomida tumanda sanoat, uy-joy, ijtimoiy ob’ektlarni bunyod etish bilan bog‘liq arzirli ishlar bajarilmadi. Natijada uy-joylarni saqlash, yo‘llar infratuzilmasi, kommunal, ijtimoiy sohalardagi o‘tkir muammolar yuzaga chiqib, aholining haqli e’tirozlariga, davlat idoralariga bo‘lgan murojaatlarining oshishiga olib keldi. Tumanda “Obod qishloq”,”Obod mahalla” dasturi hamda «Ilg‘or hudud» loyihasining izchil amalga oshirishga kirishilgani mohiyatan ana shunday muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Aslida aholining uy-joyga ehtiyoji, joylarda eskirib, shu paytgacha ta’mir ko‘rmagan uylarning hamon e’tiborsiz qoldirilayotgani ortidan aholining bu boradagi e’tiroz va muammolari oshgani natijasida yuzga kelgani ham haqiqat.
Tuman markazidagi mahallalarda 1960-1966 yillar davomida qurilgan 88 ta barak tipidagi uylarda 900 dan ziyod oila, 3 ming 600 dan ortiq aholi oddiy maishiy sharoitlardan ham mahrum holda kun kechirib kelayotgan edi. Nomiga boshpana vazifasini o‘tab turgan bunday uylar har qanday qoidaga solib ko‘rilsa ham hayot xavfsizligi talablariga mutlaqo javob bermaydi.
Mana shunday o‘ta og‘ir sharoitda yashovchi ko‘p sonli fuqarolarning talab va istaklarini inobatga olgan holda bunday uylarda yashovchi oilalar uchun “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 19 gektar, “Olmazor” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan 4,2 gektar er maydonlari ajratib berildi. Mazkur yangi massivlarda 700 dan ortiq uy barpo etildi.
DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov (chapda) va boshqarma mas’ul xodimi Elyor Urdushev
- DXA Jizzax viloyat boshqarmasi ushbu massivlarda obodonlashtirish ishlari boshlangandan beri bir necha marta davlat xizmatlarini ko‘rsatdi, - deydi boshqarma mas’ul xodimi Elyor Urdushev. – Jumladan, ushbu fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarning nikohni qayd etish guvohnomasi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi yuzasidan sayyor tartibida monitoring o‘tkazildi. Xususan, fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan fuqarolar 35 tani, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lmagan fuqarolar 26 tani, nikohni qayd etish guvohnomasi mavjud bo‘lmagan oilalar 53 tanitashkil etishi ma’lum bo‘ldi.Shundan so‘ng ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish choralari ko‘rildi.
Bugun mobil davlat xizmatlari avtobusida massiv markazida boshqarma va Paxtakor tumani DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Ularga markaz xodimlari tomonidan 50 dan ortiq STIRni aniqlash va olish xizmati bepul tarzda ko‘rsatildi. Bu qurilayotgan uylar uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratishda tijorat banklari tomonidan so‘raladigan hujjatlardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda ushbu hududda katta ko‘lamdagi qurilish jarayoni davom etmoqda. Maqsad qishning sovuq kunlariga qolmasdan ushbu ishlarni yakunlash, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat. DXA viloyat boshqarmasi ham shu maqsadda fuqarolar mushkulini oson qilish borasida harakat qilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |