“Ikki yil avval kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uydan ikki xona ajratib berishgan edi. Ungacha qariyb yigirma yil uch farzandim bilan ijaradan-ijaraga sarson bo‘lib yurgan edik. Yiqqan mablag‘imiz ro‘zg‘ordan ortmasdi.
Eshik taqillasa, o‘zim ham, bolalarim ham xavotirga tushardi. Uy egasi kelib, biror ayb topadi yoki uyni bo‘shatib qo‘y deydimi, degan xavotirda bo‘lardik. Shunda bildim, inson o‘z uyiga ega bo‘lmaguncha, chin halovat nimaligini bilmas ekan.
Uyli-joyli bo‘lgan inson esa chin ma’noda ozodlikka erishadi, u endi mayda tashvishlardan balandroq orzu-maqsadlar sari intiladi. Hozir kichik farzandim yonimizdagi maktabga boradi. Kattalari oliygohda ta’lim olmoqda. Topganimizda ham baraka bor.”
Bu kam ta’minlanganlar uchun qurilgan uylardan birining sohibasi Maqsuda Abdushukurovaning dil so‘zlari edi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Xalqimizni arzon uy-joy bilan ta’minlash g‘oyasi Prezidentimizning saylovoldi dasturidayoq ilgari surilgan edi va Davlatimiz rahbari faoliyatini ilk kunlaridan insonparvarlikning oliy namunasi bo‘lgan ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etdi.
Ayni vaqtda olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqimiz ehtiyojini qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak ekan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi va 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining qabul qilinishi nafaqat qishloqlar, balki shaharlarda ham ulkan bunyodkorlik bilan qamrab olinishiga zamin yaratdi. Hamma joyda uylar qurilishi jadal tus oldi. Eng muhimi, uy –joylarni qurishda hududlarning demografik xususiyatlari, uy-joyga bo‘lgan ehtiyot ko‘rsatkichlari ham hisobga olina boshlandi.
2016 yilda davlat dasturlari doirasida qishloqlarda 13 mingta turar joy, tadbirkorlar tomonidan 13 ming 189 xonadonli uy (jami 26 ming 189 ta) qurilgan bo‘lsa, 2017 yilda 7919 xonadondan iborat 191 ko‘p qavatli, 2018 yilda 6760 xonadondan iborat 413 ta ko‘p qavatli uy qurilib foydalanishga topshirildi.
Bu yil bunyodkorlik ko‘lami yanada kengaydi. Xususan, 17587 xonadondan iborat 403 ko‘p qavatli uy qurilmoqda.
Agarda bitta xonadonni bir necha inson hayotiga daxldorligini inobatga oladigan bo‘lsak, yangi yilni yana 10 minglab yurtdoshlarimiz o‘zlarini vatan ichra mo‘’jaz vatanida shukronalik bilan qarshi oladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |