Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, xizmat ko‘rsatish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovarlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.
Biz o‘zimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Farg‘ona viloyati hamma soha bo‘yicha hali o‘zining yo‘lini topgani yo‘q. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda ko‘p muammolar to‘planib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar - masalaga echim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, o‘zini qiynashi kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.
Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Har bir oila - tadbirkor» dasturini Farg‘ona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |