O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonovning Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazgan sayyor qabulida ham echimini kutayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, ularga ijobiy echim topish choralari ko‘rildi.
Aytish mumkinki, sayyor qabulda murojaatlarning aksariyatini ishga qayta tiklash, uy-joy, kadastr hamda xizmat uylarini rasmiylashtirish kabi masalalar tashkil etdi.
Muhimi, sayyor qabul davomida tushgan 35 dan ziyod murojaatlarning 10 ga yaqini joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, Bolalar shaharchasidagi muammolar mutasaddi tashkilotlarning hamkorlikdagi sa’y-harakati bilan barham topdi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilgan muloqot davomida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi oldida turgan muhim masala ham atroflicha o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Korxona rahbarlari berilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Ichki ishlar vazirining sayyor qabuli Mirzaobod tumanida davom etdi. Dastlab tumandagi «Do‘ngariq» mahalla fuqarolar yig‘ini aholini qiynayotgan muammolarga uyma-uy yurib echim izlandi. Qabulga fuqarolardan yo‘llarning ta’mirtalabligi, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlar, uy-joy va ijtimoiy himoya borasidagi murojaatlar kelib tushdi. Muammolarning bir qanchasi shu vaqtning o‘zida ijobiy hal etildi.
Shu kuni Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olinib, ularga beminnat yordam ko‘rsatildi. Masalan, fuqaro Xonimoy To‘raeva bir necha yildan buyon nogironlik aravachasiga muhtoj edi. Uning oilaviy ahvoli o‘rganilib, Ichki ishlar vaziri tomonidan nogironlik aravachasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Mirzaobod tumanida aholiga o‘z vaqtida ko‘mir hamda suyultirilgan gaz etkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. General-leytenant Po‘lat Bobojonovning «Mirzacho‘l» va «Haqiqat» mahalalarida o‘tkazgan sayyor qabuli ana shunday muammolarni bartaraf etdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Berilgan topshiriqlar ijrosi samarasi o‘laroq, mazkur mahallalar aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Shu bilan birga, «Haqiqat» mahallasining ichki yo‘llariga shag‘al yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
Sayyor qabul paytida fuqarolar tomonidan bildirilgan, o‘rganilishi va hal etilishi muayyan vaqt talab etadigan ayrim muammoli masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |