2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zomin va Zarbdor tumanlari aholisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova Zomin shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Zomin hamda Zarbdor tumani aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishiga sherik boʻlishi eng ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan qabulda 75 nafar fuqaroning 120 ga yaqin murojaati tinglanib, ularga ijobiy yechim topish boʻyicha tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash kabi masalalarga oid boʻlib, koʻpchiligi oʻz joyida yechimini topdi.

 

photo5431671215006788713.jpg


Masalan, “Toʻrttom” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro Iqbol Boʻronova oʻgʻli Muzaffar 2-guruh nogironi ekanligi, hozirda ona-bola bir xonali uyda istiqomat qilayotganligi, uyi tomidan chakki oʻtib qiyinchilik tugʻdirayotganidan arz qildi. Ushbu masala shu kunning oʻzida Zomin tuman hokimligi tomonidan hal etildi. Fuqaro uyini oʻrgangan ishchi guruh xulosasi asosida xonadonda taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.

– Ota-onam yoʻq, qarmogʻimda nogiron singlim bor. Qish mavsumi tufayli uyim sovib ketgan. Chunki, tabiiy gazga ulanmagan. Manbadan gaz ulashim uchun 180 metr quvur olishim kerak. Lekin moddiy imkoniyatim bunga yoʻl bermayapti. Shu sababli yordam soʻrab keldim,– deydi “Shirin” qishloq fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro Maftuna Sultonova.

Ushbu masala ham shu zahotiyoq hal etildi. Viloyat hamda tuman gaz taʼminoti idoralari vakillari tomonidan fuqaroning uyiga tabiiy gaz tortish ishlari boshlab yuborildi.

 

photo5431534699471285345.jpg


Mamlakatimizda inson manfaatlari va qadr-qimmati ulugʻlanayotgan hozirgi paytda kam taʼminlangan, koʻmakka muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan, chin yetimlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada ular duch kelayotgan moddiy-maʼnaviy muammolarni oʻz vaqtida hal etish va hayotdan rozi boʻlib yashashiga koʻmaklashish muhim vazifa sifatida belgilab olingan.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan muammoli murojaatlardan tashqari, tuman hokimligi, tashkilotlar va muassasalarning shu vaqtga qadar koʻrsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirishlari ham aytib oʻtildi.

 

photo5431671215006788714.jpg


Sayyor qabulda hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan barcha masalalar bayonnomaga kiritilib, bajarilish muddatlari belgilandi va nazoratga olindi.

09.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar