O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov Samarqand viloyatining Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Oqdaryo va Urgut tumanlarida aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida jami 139 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati tinglanib, ulardan kelib tushgan masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Oqdaryo tumanida jami 22 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahrida 38 nafar, Urgut tumanida 35 nafar, Samarqand shahrida esa 44 nafar fuqaro qabul qilindi.
Sayyor uchrashuvlar davomida IIV o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov hamda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, viloyatning chekka hududlarida yashovchi fuqarolarning ham turmush sharoitlari o‘rganildi.
IIV o‘rinbosari Urgut tumanining Jarqishloq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muqaddas Oripova xonadonida bo‘lib, xonadon ahlining ko‘pdan beri yechilmay kelayotgan muammolari — yangi qurilgan uyining tomi yopib berilib, eshik-romlar o‘rnatilganligini ko‘zdan kechirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |