2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi sayyor qabul o‘tkazdi

Mutasaddi tashkilot rahbarlarining xalq bilan muloqot qilishi, ularni qiynayotgan muammolarga echim topishi yurtimizda an’anaga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musaev ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ham tuman aholisining ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Boisi sayyor qabul davomida tuman aholisining ko‘plab murojaatlariga ijobiy echim topildi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar qildi. 

Jumladan, Qarshi tumani Chaman mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Dildoraxon Komiljonova ishsizligini aytib, bandligini ta’minlashda amaliy yordam so‘radi. Unga Qarshi tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tumandagi bo‘sh ish o‘rni tavsiya etildi. Xuddi shu mahallada yashovchi, ancha yillardan buyon sog‘ligi yo‘qligini aytib, murojaat qilgan Sarvar Kenjaev davolanishi uchun yo‘llanma ajratilishini so‘radi. Ushbu masala viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishiga amaliy yordam so‘ragan Muqaddam Jalilovaning murojaati shu erning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabul davomida tashkil etilgan arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi ham Yangi yil bayrami oldidan aholi uchun yana bir qulaylik yaratdi. 

Shuningdek, sayyor qabul davomida ikki nafar nogironligi bor fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi. Bundan tashqari, aholiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan aholiga esdalik sovg‘a sifatida kitoblar tarqatildi.

Sayyor qabul doirasida mutasaddilar tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam daromadli, nogironligi bor oilalar holidan xabar olib ularga oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. Masalan, Qarshi tumani Chaman mahallasida yashovchi fuqaro Bozor Botirov ko‘p yillar paxta tozalash zavodida faoliyat ko‘rsatgan. Uch yildirki, xastaligi tufayli to‘shakda yotib qoldi. Uni yo‘qlab kelishganidan bag‘oyatda mamnun bo‘ldi. Xuddi shu mahallada istiqomat qiluvchi Zulayho Xo‘jamurodova ham ancha yildan buyon yura olmaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj. Mutasaddilar uning ham holidan xabar oldi.

17.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar