Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish institutida aholining tibbiyotga oid murojaatlarini o‘rganish, muammolarga joyida yechim topish va ularni ijobiy hal qilishga qaratilgan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi T. Xudoyberganov, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari B. Yusupaliyev hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va muassasalari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari mutasaddilari ishtirok etdi.
«Ochiq muloqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davolanishga muhtoj, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, kam ta'minlangan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari mutaxassislar ishtirokida tinglandi.
Muloqot doirasida muammolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechimga yo‘naltirildi. Ya'ni, joylardagi sayyor qabullar va ochiq muloqotlarda aniqlangan bemorlarning har biri xastaligiga qarab ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda respublika tibbiyot muassasalariga shu kunning o‘zida joylashtirilib, zarur jarrohlik amaliyotlari bajarilishi belgilab olindi.
Umuman olganda, ommaviy sayyor qabulda jami 161 nafar fuqaroning murojaati hal etildi. Jumladan, 120 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lsa, qolgan 41 nafariga esa rejali ravishda diagnostika va davolanishi uchun imtiyozli yo‘llanmalar berildi.
Unda ta'kidlanganidek, ayni paytga qadar yurtimizning olis hududlariga borib, aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari aniqlanmoqda. Bu boradagi xayrli sa'y-harakatlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |