2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yana bir tartib soddalashtirildi

Shu vaqtga qadar fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda ushbu mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga alohida-alohida ariza bilan murojaat qilib, 2 marta to‘lov qilishar edi. Natijasini esa 11 ish kunidan ortiq vaqt mobaynida kutishga majbur edilar.

Bu holat fuqarolarning kamida ikki yoki uch marta Davlat xizmatlari markazlariga kelishlariga va oqibatda ortiqcha vaqt sarflab, qo‘shimcha xarajat qilishlariga sabab bo‘lar edi.

Endilikda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 478-son qaroriga asosan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda, bitta ariza berish orqali amalga oshiriladi.

Buning uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qurib bitkazilgan bino va inshootlarini foydalanishga qabul qilish uchun ariza bilan murojaat qilishlari kifoya.

Ushbu arizaga asosan vakolatli idoralar bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlaydi hamda kadastr idorasi ushbu mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, natijasi bo‘yicha dalolatnoma va davlat reestridan ko‘chirma beradi.

Bu bilan davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 2 ish kuniga qisqaradi va qo‘shimcha to‘lov undirilishiga barham beriladi.

Shubhasiz, ushbu kompozit (turkum) davlat xizmati fuqarolarning vaqti va naqdini tejash bilan birgalikda, Jahon bankining “Doing Business” reytingida O‘zbekistonning qurilish sohasidagi reytingi oshishiga xizmat qiladi.

Davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yanada ko‘proq qulaylik yaratishda davom etadi.

21.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar