Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Obod qishloq” va “Obod markaz” loyihalari asosida Yangiobod tumanida ta’mirlangan, rekonstruktsiya qilingan va yangi qurilgan ijtimoiy va iqtisodiy, madaniy hamda infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan joylarda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimlar balandchaqirliklarda ham bayramona shukuh, yurtdoshlarimida yanada ko‘tarinki kayfiyat, g‘urur-iftixor bag‘ishladi. Viloyat, tuman hokimliklari, davlat idoralari va muassasalari, jamoat tashkilotlari, tuman aholisi vakillari ishtirok etgan marosimlarda viloyatda keyingi yillarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaralari va ahamiyati yana bir bor qayd etildi.
– Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat xalqimizning bugungi kunidan manmunlikni, ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda, – dedi tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Suvonqul Xudoyberdiev. – Zero, biz yana o‘nlab yillar ko‘zlarimiz ko‘nikib qolgan eski shart-sharoitlarda yashashab, loqaydlik, ruhiy turg‘unlik, eskicha kayfiyat botqog‘ida yurardik. Mana bugun, butkul yangilangan Yangiobodning qiyofasi bu zaminda yashayotganlar qalbida bundan ham yaxshiroq yashash mumkinligi, buning uchun hamjihatlikda mehnat qilish, o‘qish, izlanish kerakligini isbotlab berdi.
“Obod markaz” dasturi doirasida tuman markazida nuroniylar maskani, istirohat bog‘i, davlat xizmatlari agentligi binosi, 80 o‘rinli 19-sonli umumta’lim maktabi, bolalar va o‘smirlar sport maktabi, agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji, tuman FVB YoXB, tuman moliya bo‘limi, 70 o‘rinli bolalar bog‘chasi, 100 o‘rinli tikuvchilik tsexi barpo etildi.
Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilib, u erda Motamsaro ona haykalining o‘rnatilishi, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Dastur doirasida byudjet mablag‘i, korxonalar va tadbirkorlarning sarmoyasi va bank kreditlari ko‘magida jami 16 milliard 200 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tuman gaz bo‘limi binosi hamda tuman markazida loyiha qiymati1,9 milliard so‘mlik tibbiyot birlashmasining eski bo‘limi,tez tibbiy yordam, tug‘ruq bo‘limlari binolarining qurilish ishlari to‘liq yakunlangani etgani barchani quvontirdi.
Tumanning markaziy ko‘chasi bo‘ylar yurar ekansiz obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilganligidan ko‘nglingizda, shukronalik tuyg‘usi barq uradi. 3000 tupdan ortiq archa, 500 tupdan oriq yapon saporasi va manzarali daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Yangi elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Natijada iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti tubdan yaxshilandi.
Bayram tantanalari tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi korxonaning tantanali ochilish marosimiga ulanib ketdi. Unda viloyat va tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning bandlik masalasini hal etishga qaratilayotgan e’tibor aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari ko‘p hududlarda qishloq ayollarini ish bilan ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
—Tumanimizda shu vaqtgacha bironta ham xizmat ko‘rsatish korxonasi yo‘q edi, — deydi korxona tikuvchisi Mohidil Egamqulova. — Hududda shunday zamonaviy korxonaning qurib, ishga tushirilishi menga o‘xshagan yuzlab xotin-qizlarning doimiy ish bilan bandligini ta’minladi. Chevarlik kasbini tanlab, qishlog‘imizning o‘zida ishlayotganim, elga nafim tegayotganidan baxtiyorman.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bu boradagi ishlarni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.
— Bir nafar farzandim bor, — deydi Shahlo Mustafoqulova. —Mavsumiy ishda ishlab yurardim. “Yangiobod baraka chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ochilishi barcha qatori meni ham quvontirdi.
Engil konstruktsiyali qurilish materiallari asosida qisqa vaqt ichida qurib bitkazilgan korxona ishga tushirilishi bilan 100 nafar xotin-qizning bandlik masalasi hal etildi. Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy tikuv dastgohlari bilan jihozlangan zamonaviy majmuada kiyinish, yuvinish, dam olish, tibbiyot xonalari, oshxona va boshqa yordamchi xonalar barpo etilgan. Tog‘li tumanda yangi korxonani qurib, jihozlash uchun 1 milliard 800 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.
Kelgusida bu erda yana 100 nafardan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlanib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning bir qismini xorijga eksport qilish mo‘ljallanmoqda.
Sanab o‘tilgan bunyodkorlik ob’ektlarining bir kunda foydalanishga topshirilishi Yangiobod tumanida katta bayram tusini oldi. Taniqli va yosh san’atkorlar, badiiy jamoalar ishtirokidagi kontsert yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |