2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod markaz - yurt ko‘rki

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining hayotimizga izchillik bilan tatbiq etilayotganligi Prezidentimiz e’tirofining amaliy ifodasidir.

Quvonarli tomoni shundaki, o‘tgan yili Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘idan boshlangan xayrli ishlar qisqa muddatda butun mamlakatga tarqaldi. Amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari natijasidaatigi 1,5 oyda ushbu qishloq mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etdi. Eng muhimi, qishloq aholisining nafaqat kayfiyati, balki turmush darajasi, dunyoqarashi va hayotga munosabati ham o‘zgarib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi.

   O‘tgan yili “Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatimizning 12 ta tumanidagi 29 ta qishloqning me’moriy qiyofasi tubdan yangilandi.

ZARBDOR JAMOLIGA TO‘YMAYSAN, BOQIB

   Prezidentimizning shu yil 30-31-yanvar kunlari viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlari yuzasidan tuman markazidagi Oybek, Tinchlik, Mustaqillik va markazdan tashqaridagi Shodlik, Yangikent, Oqar mahallalarida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uddalandi.

   —Ishni tuman markazidagi 720 dan ortiq noqonuniy qurilmalarni buzishdan boshladik,—deydi tuman hokimligining qurilish bo‘limi mutaxassisi Qaysar Jo‘raev. —Hududdan 6,5 ming tonnadan ortiq chiqindi olib tashlandi. 7 kilometrli lotok ariqlar tozalandi. 9,3 kilometrli suv, 2,6 kilometrli elektr tarmoqlari tortildi. 9 ta transformator punktlari rekonstruktsiya qilindi.3,6 kilolmetrli ichki yo‘llar, 3,4 kmilometrli piyoda yo‘laklari asfaltlandi.

   Tuman markazidagi 52 ta ikki qavatli uy-joylar ta’mirlandi. 29 ta sanuzellar, 29 ta tandirxona, 4 ta bolalar maydonchasi qurildi. 1-maktabgacha ta’lim muassasasi, 25 o‘rinli oilaviy MTM, 3-maktab, Tez tibbiy yordam bo‘limi, markaziy kasalxona, aloqa, madaniyat bo‘limlari, “Agrobank”ning tuman filiali binolari rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Yoshlar xiyoboni, Nuroniylar maskani, bandlikka ko‘maklashish, “Mahalla” markazlari,“Toza hudud” DUK, tuman IIB va dehqon bozori binolari yangidan qurildi.

   Yaqinda tuman ahli yana bir tantananing guvohi bo‘ldi. Tuman markazidagi “Xotira” xiyoboni foydalanishga topshirildi. Xiyobonda 2,5 milliard so‘mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari uddalandi.

   —Zarbdor Jizzax vohasining kenja tumanlari hisoblanadi, — deydi Oybek mahallasida yashovchi mehnat faxriysi To‘ra Musurmonov. —Ayrim joylar abgor holga kelib qolgani ham rost. Ochig‘i, qachon tumanimizga e’tibor qaratilar ekan, deb o‘ylab yurardik. Tumanimizda ilk sanoat korxonasi—“Zarbdortekstil” korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, qishlog‘u mahallalar qiyofasi o‘zgara boshladi.

   Shu kuni loyiha qiymati 3,7 milliard so‘m bo‘lgan davlat xizmatlari markazi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, faollar, Prezident Administrtsiyasi mas’ullari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi vakillari, davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi xodimlari, FXDYo mudiralari, shahar va tumanlarning DXM xodimlari ishtirok etgan tantanani tuman hokimi Zafar Ro‘ziev qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, davlat xizmatlari markazi jamoasini barcha qulayliklari bo‘lgan yangi bino bilan tabrikladi.

   —Davlat xizmatlari markazi barcha uchun qulay hududda, zamonaviy arxitektura va me’moriy dizaynga asoslangan holda qurildi,—deydi DXA viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov.— Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu erda vazirlikning “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazi ham ish boshladi.

   Shuni ta’kidlash kerak, tuman davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 2019 yilning o‘tgan davrida 17248 ta xizmat ko‘rsatildi.

   Markaz binosida Jizzax viloyatdagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi ham faoliyat boshladi. Bu murojaatchilarning bir vaqtning o‘zida ham davlat xizmatlari, ham o‘z faoliyatlarida duch kelayotganmuammolari yuzasidan vakolatli organga murojaat qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi.

   Shuningdek, markaz binosida investorlar bilan muzokara olib borish xonasi, fuqarolik pasportini almashtirish, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasinialmashtirish, FXDYo, adliya bo‘limi, notarius xizmatlari ham yo‘lga qo‘yildi. Tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida bankomat, to‘lov kassasining uzluksiz ishlashi ta’minlandi.

   —2020 yil davomida yangi ish boshlagan “Raæamli texnologiyalar” markazida kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter grafikasi va dizayn, tizim va tarmoqlarni boshqarish va IT-tadbirkorlik sohasida ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi,—deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Mahmud G‘iyozov. —O‘quv markaziga 5 000 nafar zarbdorlik yoshlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sporti —kibersportga jalb qilish, uning qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, tuman miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham mo‘ljallanayapti.

   Tantanada tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruhFXDYo mudiralariga, fuqarolar yig‘inlari qoshidagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarga kompyuterlar topshirildi.

   Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Narzulla Oblomurodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i S. Abduqayumov, fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON” DUKdirektori M.Mahmudovlar ishtirok etishdi.

ZAFAROBODDA BAYRAM ShUKUHI

   Erta tongdan yangragan karnay-surnay sadolari ostida “Obod markaz” dasturi doirasida qurib bitkazilgan inshootlarni foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanalar katta to‘yga aylanib ketdi.

   Loyihadoirasida Bo‘ston mahallasida mukammal ta’mirlangan madaniyat markazi, yangidan bunyod etilgan Xotira maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni, ATB “Agrobank”ningtuman filiali binosi va bandlikka ko‘maklashish markazini tantanali foydalanishga topshirish marosimi bo‘ldi.

   Erta bahorda ko‘p qavatli uylar tevaragidagi 200 dan ortiq pastqam bostirmalar, noqonuniy qurilgan inshootlar buzilib, ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan 27 ming tonnaga yaqin chiqindilar tashib ketildi. 

   —Zamonaviy arxitektura me’yorlari asosida tuman markazining Bosh rejasi ishlab chiqildi,—deydi tuman hokimligi qurilish bo‘limi mutaxassisi O‘ktam Jumaboev. —Unda ijtimoiy soha, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ma’muriy va boshqa inshootlar qurilishi belgilandi.

   Tuman markazidagi Bo‘ston, Samarqand mahallalari hamda Uzun qishloq fuqarolar yig‘inlaridagi 38 ta ikki qavatli uylarni ta’mirlash uchun tijorat banklari 2 milliard 550 million so‘m kredit mablag‘lari ajatdi.

   Qisqa fursatda 4,8 kilometrli ichimlik suvi, 1,1 kilometrli kanalizatsiya, 3,7 kilometrli elektr, 3,8 kilometrli gaz tarmoqlari barpo etildi. 3 ta transformator o‘rnatildi. 4 ta gaz taqsimlash punktlari yangilanib, 6 kilometrli ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi. 2,1 kilometrli yo‘l asfaltlandi. 0,6 kilometrli piyodalar yo‘lakchasi qurildi. 339 million so‘mlik beton ariqlar o‘rnatildi.

   Eng muhimi,ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun respublika byudjetidan 13 milliard 393 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ajratilgan mablag‘ning 12 milliard 715 million so‘mi umumta’lim maktablari, tuman tibbiyot birlashmasi, bolalar va o‘smirlar sport maktabinita’mirlashga yo‘naltirildi. Homiylar tomonidan 2 milliard 896 million so‘m mablag‘ ajratildi. “O‘zpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan engil konstruktsiyali tikuvchilik tsexi qurildi. Mazkur korxonada 100 ta ish o‘rni yaratilib, hozirda tayyor mahsulot ishlab chiqarilayotir.

  Tuman madaniyat markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanada minglab zafarobodliklar jamuljam bo‘ldilar. Tantanada so‘z olgan tuman hokimi Ibrohim Qarshiboev “Obod markaz” loyihasidoirasida amalga oshirilgan xayrli ishlar to‘g‘risida gapirdi. Akademik Sayyora Rashidova yig‘ilganlarni barcha qulayliklarga ega bo‘lgan madaniyat koshonasi bilan muborakbod etdi. Qisqa fursatda Zafarobod yangicha qiyofa kasb etib, go‘zal shaharchaga aylanganligini alohida ta’kidladi.

  Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari madaniyat markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ko‘pchilikning e’tiborini zafarobodlik fotorassom Suvon Rahimovning “Zafarobod: kecha va bugun” deb nomlangan fotoko‘rgazmasi tortdi. Ko‘rgazma suratlari tuman tashkil etilgan kundan bugungacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi.

   —Fotoko‘rgazma menda juda katta taassurot qoldirdi,—deydi 2-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Yanglish Chuygunova. —Suratlar meni beixtiyor uzoq o‘tmishga, yoshlik yillarimga etakladi. Bundan 40 yillar ilgari tumanimizdagi “Cho‘lquvar” xalq ansamblining faol ishtirokchilaridan biri edim. Mana bu suratda ansambilimizning o‘sha davrdagi faoliyati aks ettirilgan.

   Tantanalar davomida respublikamizning Yoqub Ahmedov, Zuhra Ashurova, Fatxulla Ma’sudov va Mehriddin Rahmatov, Mirolim Qilichevlarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. “Lazgi” ashula va raqs ansambliningsan’atkorlari diltortar qo‘shiqlari, jozibali raqslari bilan bayram shukuhini oshirishdi.

   Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov ishtirok etdi.

03.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar