“Obod mahalla”, “Obod qishloq” atamalari allaqachon til lugʻatimizdan oʻrin olib ulgurdi. Endigi navbat “Namunali qishloq” atamasiga.
Gap shundaki, Buxoroda viloyat hokimligi tashabbusi bilan har bir hududda koʻrsa havas qilgulik namunali qishloqlar barpo etishga kirishildi. Ulardan dastlabkisining manzili 334 ta xonadon istiqomat qilayotgan Bogʻcha qishlogʻidir.
— Romitan tumanidagi bu qishloq odamlari mehnatkash, tanti, oriyatli, — deydi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi boshqaruvi raisi Ahror Gʻulomov. — Biz ularga xayrli tashabbus mazmun-mohiyatini tushuntirdik, xolos. Natijada toʻrt kun ichida qishloq, undagi hovlilar ana shunday koʻrkam qiyofaga keldi.
Avvalo xonadonlar atrofi, yoʻl boʻyidagi gulzorlar tartibga keltirildi, uylarning tashqi koʻrinishiga eʼtibor qaratildi. Qurbi yetmagan oilalarga mahalladoshlar himmat koʻrsatishdi. Mahallaga kiraverishdagi 2 kilometr yoʻlga asfalt yotqizildi. Yangi transformator oʻrnatildi. Daraxtlarga shakl berildi. Uzunligi 6 kilometrdan ziyod qishloq arigʻi mahalladoshlar tomonidan hashar yoʻli bilan tozalanib, tuprogʻi maxsus texnikalar vositasida tashib ketildi. Qabriston obodonlashtirildi.
— “Koʻz — qoʻrqoq, qoʻl — botir”, deyishganicha bor, — deydi hovlisidagi moʻjaz issiqxonadan yiliga 40 million soʻmdan ziyod qoʻshimcha daromad topayotgan Nekboy Toshev. — Qarang, pul sarflamay turib ham qishloqni obod goʻshaga aylantirish mumkin ekan. Ilgari yoʻllarimizning, uylar atrofidagi ahvolni koʻrib mehmon kutgani xijolat chekardik. Endi esa yoʻl poylayapmiz. Kelishsin, koʻrishsin, havas qilishsin.
Yaxshi niyat — yarim davlat. Bogʻcha qishlogʻiga viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev boshchiligidagi mutasaddilar, barcha tuman hokimlari kelishdi.
Mehmonlar qishloqning 16 ta koʻchasi, ravon yoʻllari, qazib, tartibga keltirilgan suv yoʻllari, 9-maktabgacha taʼlim muassasasi, zooveterinariya shoxobchasi, stadionni koʻzdan kechirdilar, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdilar.
Qishloqda boʻlib oʻtgan seminarda viloyat hokimi bu kabi obodonchilik ishlarini viloyatdagi 543 ta mahalla, 1,5 ming qishloqda davom ettirish lozimligini taʼkidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |