Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari siyosatining asosi bo‘lgan xalq bilan muloqot tizimi aholi manfaatlarini ta’minlab, odamlarning hayotga, davlatga ishonchini mustahkamlamoqda.
Yaqinda Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 2-uyda yangi Xalq qabulxonasi binosi foydalanishga topshirildi. Bu erda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va bajarish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni qabul qilish uchun xonalar, Davlat xizmatlari markazi shoxobchasi, “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti maslahat byurosi, tibbiy xizmat, ona va bola xonalari tashkil etilgan. Toshkent shahrida aholi ko‘pligi inobatga olinib, sohalar bo‘yicha bo‘limlar yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur muassasa bir kunda 200 nafargacha murojaatchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonasida yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.
– Bu erga kelgan odam barcha savollariga javob topishi, Toshkent bu borada namuna bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |