2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tadbirkorlik sirlari oʻrgatildi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi hamda Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda Xoʻjayli tumani 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga “Tadbirkorlik nima va uni boshlash boʻyicha mavjud imkoniyatlar” mavzuida biznes-seminar tashkil etildi.

- Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda, — deydi Turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi rahbari A.Abibullayev. – Qarorda ijtimoiy yetimlikni kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsad qilingan.

 

Yoshlar ittifoqi esa tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ishga joylashtirilishi uchun masʼul hisoblanadi.

 

Biznes seminarda Xoʻjayli tumani Yagona darcha markazi rahbari va mutaxassislari ishtirok etdi va oʻzlarining faoliyati haqida keng tushunchalar berdi. Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan yoshlar guvohnoma olish uchun dastlab Yagona darcha markaziga borishlari va shu yerdan tadbirkorlik faoliyatini boshlashi mumkin ekanliklari tushuntirildi.

 

Tadbirda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

Tadbir tashkilotchilari 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida ham boʻldi. Ushbu taʼlim dargohidagi tarbiyalanuvchilariga konsert dasturi namoyish etildi va kitoblar, oʻquv qurollari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

26.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar