Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov afgʻonistonlik yoshlar bilan uchrashib ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdi. Ikki xalq oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ularning ham hissasi borligini taʼkidladi. Talablarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi 750 oʻringa moʻljallangan boʻlib, kutubxona, talabalar turar joyi binosi va barcha sport turlariga moʻljallangan oʻyingohlar mavjud.
Taʼlim tizimida qabul qilingan normalarga asosan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari dars beradi.
Afgʻoniston tomoni ehtiyojidan kelib chiqqan holda markazda 18 ta oliy taʼlim yoʻnalishlari va 19 oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari modullashtirilgan shaklda taʼlim berish uchun kelishilgan.
2018-2019 oʻquv yilida 96 nafar afgʻonistonlik yoshlar “Oʻzbek tili va adabiyoti” yoʻnalishida tahsil oldi va Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetining bakalavr diplomiga ega boʻldi.
Markazda taʼlim olayotgan xar bir talaba diplom olish bilan bir qatorda 4-5 sohaga qiziqishni orttirish orqali qoʻshimcha hunar oʻrganmoqda. 2018-2019 oʻquv yilida bitirgan 96 nafar talabadan 5 nafari Termiz davlat universitetida magistraturasida taʼlim olmoqda. Qolganlari Afgʻoniston Islom Respublikasining 8 ta (Balx, Saripul, Samangon, Jauzjon, Faryob, Taxor, Qunduz, Badaxshon) viloyatilarida oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishlamoqda. Ularni ishga joylashtirish boʻyicha markaz tavsiyasiga asosan har bir viloyat hokimlari bilan alohida uchrashuvlar tashkil etilib, ularni taʼlim muassasalariga ishga joylashtirish va viloyatning taʼlim sohalarini rivojlantirish boʻyicha doimiy aloqalar va zarur hollarda metodik va amaliy yordamlar koʻrsatish boʻyicha xalqaro munosabatlar oʻrnatilgan.
Talaba yoshlar tashrif davomida Nurota tumanining ziyoratgoh manzillariga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir tavalludiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |