2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash muhim vazifa ​

Andijon viloyati Marhamat tumanida 165 mingdan ziyod aholi yashaydi. Shundan 85 mingdan ko‘prog‘i xotin-qizlar.

Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari u qadar ko‘p emas. Shuning uchun aholi, xususan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda bir qator muammolar mavjud.

Ana shundan kelib chiqib viloyat hokimi tashabbusi bilan tumandagi qator mahallalarda tikuv-trikotaj, pillachilik yo‘nalishlarida yangi korxonalar barpo etish va ishga tushirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida tumandagi 7 mahallada yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Ularda asosan, yoshlar va xotin-qizlar mehnat qiladi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning Marhamat tumani xotin-qizlari bilan uchrashuvida ana shu masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Viloyat hokimi Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, bandligini ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Jamiyatimiz tomonidan Alitepa mahallasida 300 o‘rinli tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushirilmoqda, – deydi "Baraka chevarlari" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nizomiddin Mullajonov. – Zamonaviy tikuv dastgohlari olib kelib o‘rnatildi. Nasib etsa, xotin-qizlar bayrami arafasida korxonamiz to‘la quvvat bilan ish boshlaydi. Bugungi kunga qadar 60 ga yaqin yoshlarni ishga qabul qildik, ularni ish jarayonlari bilan tanishtirayapmiz. Korxonamiz to‘la quvvat bilan ishga tushgach, ikki smenada 450 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, joriy yilda O‘qchi, Sho‘rqaqir, Toshloq, Guliston, Durafshon, Yo‘lamatol mahallalarida ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, 1 ming 300 yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Viloyat rahbari uchrashuv davomida yangi korxonalarning rahbarlari bilan suhbatda ishchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish birinchi galdagi vazifa ekanini ta’kidlab, korxonalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berdi.

Shu kunning o‘zida ko‘plab xotin-qizlar yaqin kunlarda o‘zlari yashayotgan hududlarda faoliyatini boshlaydigan korxonalarda ishlash bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Viloyat hokimi tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi va Marhamatda aholining turmush farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ibratli ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

11.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar