Avvallari chekka qishloqda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijga eksport qilinadi desa hech kim ishonmasdi. Bugun bu oddiy haqiqatga aylandi. Farg‘ona viloyatida bunday korxonalar soni ko‘payib bormoqda.
Rishton tumanidagi “Bo‘jay” mahalla fuqarolar yig‘inida ish boshlagan ”Roshidon baraka chevari” mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. “O‘zpaxtasanoat” aksionerlik jamiyati homiyligida ish boshlagan korxona bir vaqtning o‘zida 150 dan ziyod yoshlarni ish bilan ta’minladi.
– Sakkiz yildan buyon ishsiz edim, – deydi Gulchehra Alieva. – Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tavsiyasi bilan iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida malaka oshirdim. Bu yerda mehnat qilish, dam olish bilan bog‘liq barcha qulayliklar yaratib berilgan. Endilikda uy, oila, farzandlarim tarbiyasidan ajralmagan holda foydali mehnat bilan band bo‘lganimdan xursandman.
Ayni kunda rishtonlik yoshlar ishlab chiqarayotgan turfa liboslarning ilk namunalari Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlariga eksport qilish uchun hozirlab qo‘yildi.
– Shu kunga qadar Yozyovon va Rishton tumanlarida mana shunday zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, – deydi “Farg‘ona baraka chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Davron Jo‘raboev. – Ayni kunlarda Farg‘ona, Bag‘dod, Buvayda va O‘zbekiston tumanlarida ham qulay va ixcham ishlab chiqarish tarmoqlarini qurish, jihozlash bilan bog‘liq ishlar poyoniga yetmoqda. Bu chekka va olis qishloqlarda 2 ming 400 dan ortiq kafolatli ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini beradi.
Yangi korxonaning ochilish marosimi katta tantanaga aylandi. Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniev bu kabi ishlab chiqarish tarmoqlari xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik vakillari ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xizmatchilar uchun yaratib berilgan qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |