Lyudmila Rafiqova 58 yildan buyon Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi Alxajar qishlogʻida istiqomat qiladi. Ammo shu kungacha yashab turgan uyining egalik huquqini belgilovchi hujjati yoʻq edi.
Fuqaro L.Rafiqova bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida tegishli tartibda murojaat qilib, barcha toʻlovlarni amalga oshirganiga qaramay shu kungacha tuman hokimining turar joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha qarori qabul qilinmay, murojaat paysalga solib kelinayotgan edi.
Davlat xizmatlari Agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan Alxajar qishlogʻida tashkil etilgan navbatdagi sayyor uchrashuvda L.Rafiqova ushbu masala boʻyicha amaliy yordam soʻrab, murojaat qildi. Boshqarma mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati atroflicha oʻrganilib, shu kunning oʻzida tuman hokimining turar joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha qarori murojaatchiga topshirildi.
Viloyat davlat xizmatlari boshqarmasi tomonidan sayyor uchrashuvlar tashkil etish, bu orqali aholini qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishish va ularni joyida hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Olis hududlarda olib borilayotgan sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish chogʻida uyma-uy yurib, markazlar orqali xizmatlardan foydalanishning afzallik va qulaylik tomonlari tushuntirilmoqda.
Alxajar qishlogʻida boʻlib oʻtgan sayyor uchrashuvda ham ana shunday targʻibot ishlari olib borildi. Targʻibot tadbiri doirasida mahalla aholisi oʻzini qiziqtirgan huquqiy masalalar, shuningdek, yechimi topilmayotgan muammolar boʻyicha murojaat qildi.
Shu qishloqda istiqomat qiluvchi Rustam Rahimov oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan. Biroq shu kunga qadar tuman hokimning tegishli qarori qabul qilinmayotgan edi. Sayyor uchrashuvda fuqaroning ushbu murojaati ham ijobiy hal etilib, tuman hokimining turar joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha qarori R.Rahimovga topshirildi.
Sayyor tadbirda shuningdek, qishloq aholisining taʼlim, tibbiyot, kommunal sohaga oid boshqa murojaatlari ham koʻrib chiqildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |