Andijon viloyati Boʻston tumanida tadbirkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tumandagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasida oʻtkazilgan tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi Aktam Haitov tadbirkor va fermerlarning ularni qiynayotgan muammolari yuzasidan murojaatini tingladi.
Partiya yetakchisi dastlab, boʻstonlik tadbirkor Botirjon Qodirov tomonidan tashkil etilgan “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi hamda uning tasarrufidagi “Saboklaster” va “Sabotex” korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Mazkur korxona tumandagi 110 ta fermer xoʻjaligi, shuningdek, “Boʻzimkonrivoji SL” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 1 ming 120 gektar maydonda yetishtiriladigan paxtani qabul qilish, qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi.
Korxonada fermer va tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan davra suhbatida qishloq xoʻjaligi sohasida mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
– Bugun aholi oʻrtasida kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha koʻp gapirilmoqda, – deydi tadbir ishtirokchisi Oybek Yuldashev. – Biroq aniq amaliy natijaga erisha olmayapmiz. Chunki bu masalada faqat ogʻzaki fikr bildirish bilan cheklanyapmiz, xolos. Eng asosiysi, fuqarolarimizda bu borada, ayniqsa tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bilim va koʻnikmalar yetarli emas. Partiya bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirishga bosh boʻlishi kerak.
Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa yosh tadbirkorlar uchun maxsus qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish, taʼlim muassasalari oʻquv dasturiga tadbirkorlikka oid maxsus fan kiritish, targʻibot ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi, shuningdek, fermerlar oʻrtasida davlat monopoliyasiga qarshi erkin raqobatni shakllantirish, klaster toʻgʻrisida qonun qabul qilish, tadbirkorlikni boshlayotganlar uchun soliq imtiyozlari muddatini uzaytirish kabi qator takliflar bildirildi.
Bir guruh fermer va tadbirkorlar oʻzlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan partiya yetakchisiga murojaat qildi. Oʻz navbatida, Aktam Haitov ilgari surilgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilar bilan birgalikda zarur choralar koʻrishini bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |