Muhtaram Prezidentimizning “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Toshkent viloyatining 4 nafar faol ayoli yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida mening ham borligim, “Mehnat shuhrati” ordeniga loyiq koʻrilganim qalbimni toʻlqinlantirib, koʻzlarimdan sevinch yoshlarini oqizdi. Ayollarini, onalarini beqiyos darajada eʼzozlaydigan, hurmat-izzat koʻrsatadigan, avaylab va ardoqlab boshiga koʻtaradigan shunday betakror yurtda yashayotganimdan cheksiz faxrlandim.
Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Xususan, ayollar uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyat hayotidagi oʻrni va rolini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish, oila institutini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Bugun yurtimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalasi sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻzbekiston ayollarining siyosiy-huquqiy saviyasi yuksalib, ijtimoiy faolligi tobora ortib bormoqda. Ular bugun nafaqat fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash sohalari, balki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida ham masʼul vazifalarda samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yoʻnaltirilgan siyosat biz ayollarning tom maʼnoda baxtli yashashimiz, intellektual va maʼnaviy yuksalishimiz, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarimizni hamohang tarzda bajarishimiz uchun barcha zarur imkoniyat, qulaylik, shart-sharoit va imtiyozlarni muhayyo etmoqda.
Bugun viloyatimiz davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tizimida ham minglab opa-singillarimiz samarali faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 1 nafar senator va 6 nafar Qonunchilik palatasi deputati, 15 nafar viloyat Kengashi deputati, 8 ming 300 nafar tadbirkor ayollarimiz bilan biz haqli ravishda faxrlansak arziydi.
Toshkentda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida Prezidentimiz nutq soʻzlab, biz xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etganlari hamda ayollarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va istiqbolda nazarda tutilayotgan yana-da katta, keng qamrovli imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtganlari barchamizni birdek mamnun etdi.
Shuningdek, maʼruzada qizlarni eng goʻzal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalash juda ulugʻ va sharafli masʼuliyat ekani alohida taʼkidlandi. Yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, koʻpni koʻrgan nuroniylar, xotin-qizlar faollari, hurmatli muallima va murabbiyalar bu savobli ishga ulkan hissa qoʻshishiga umid bildirildi.
Ushbu tadbirda viloyatimizdan boʻlgan yana ikki nafar qizimiz – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi Mohira Boltayeva hamda P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohinur Jalolovaga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining topshirildi va viloyatimizning Zulfiyachi qizlari soni 24 nafarga yetdi.
Albatta, Davlatimiz rahbarining bayram tadbiridagi maʼruzalarida bildirilgan fikrlar, bizga berilgan yuksak davlat mukofoti zimmamizdagi masʼuliyatni yana bir karra oshiradi va bugungidan ham faolroq ishlashga, viloyatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida yana-da kuchli va sidqidil saʼy-harakatlarni amalga oshirishga ragʻbatlantiradi.
Ozoda PARPIBAYEVA,
Toshkent viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari,
“Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |