2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir oila mahallaning eʼtiborida

Oʻz mahallasi odamlari, qoʻni-qoʻshnilar holidan xabar olish necha asrlarki xalqimiz uchun azaliy qadriyat boʻlib kelgan. Ayniqsa, ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga muruvvat koʻrsatish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda tuman va shahar boshqarmalari tomonidan bu borada bir qator ibratli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Ellikqala tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Paxtachilik klasteri tomonidan tumandagi 2500 ta ehtiyojmand oilaga 20 tonna paxta yogʻi homiylik yordami sifatida tarqatildi. Shuningdek, shahar va tuman boʻlimlari tomonidan jami 450 ta ehtiyojmand oilaga 48,5 mln soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi. 2 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyi hashar yoʻli bilan taʼmirlab berildi.

Beruniy tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi podpolkovnik B.Abdullayev boshchiligida tumandagi Abay, Mahtumquli, Oltinsoy, Doʻstlik, Beruniy OFY hududida yashovchi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar niqob, antiseptik va qoʻlqoplar berilib holidan xabar olindi. Koronavirus infeksiyasidan qanday qilib saqlanish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Dunyoning barcha davlatlarida virusga qarshi kurashayotgan bir davrda, barchamiz tibbiyot xodimlari aytgan qoidalarga amal qilsak albatta kasallikni yengib oʻtamiz. Koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishini oldini olish maqsadida respublikadagi 206 ta mahallaning 6355 ta xonadonida yashovchi fuqarolar bilan ijtimoiy masofani saqlagan holda shaxsiy gigiyena va sanitariya qoidalariga amal qilish, sababsiz koʻchaga chiqmaslik boʻyicha suhbatlar, sarosima va vahima kayfiyatiga berilmaslikka doir tushuntirish ishlari olib borildi. Targʻibot ishlari davomida koronavirusning oldini olish boʻyicha 6114 ta eslatma va plakatlar tayyorlanib, jamoat joylari va bir qancha obyektlarga oʻrnatildi.

Karantin vaqtida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublikadagi fuqarolar yigʻinlari xodimlari va faollari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, yolgʻiz yashovchi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda 3000 ga yaqin tibbiy niqob va himoyalanish vositalari yetkazib berildi.

Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda joylarda mahallaboy karantin targʻibotini olib borish hamda aholi orasida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida 3266 ta oiladagi mavjud holat oʻrganib chiqildi. Toʻplangan maʼlumotlar asosida mazkur oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha tegishli tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

31.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar