Toshkent viloyatida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi ish boshladi. Markaz uchun muvofiq joy sifatida Ohangaron shahri tanlandi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, bundan buyon nogiron, nochor, ehtiyojmand aholiga ko‘rsatiladigan xayriya yordamlari viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.
Ayni damda markazda ish qizg‘in. Bugun viloyatning 22 ta tuman va shaharlaridagi 40 tadan oilaga dastlabki oziq-ovqat mahsulotlari etkaziladi.
10 turdagi oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari 3-5 kishilik oilaning ikki haftalik ehtiyojini ta’minlashga mo‘ljallangan, deyiladi viloyat hokimligi ma’lumotida.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |