“Oʻzekspomarkaz” binosida joylashgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshidagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga kunning ikkinchi yarmida 3 tonna sabzi, 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 62 ta paket, shuningdek, 1500 ta sanitar-gigiyena vositalari, 10 dona nogironlik aravachalari keltirildi.
Markazda ish olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga kelib tushgan, shuningdek, mahalla mutasaddilar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida Toshkent shahridagi 962 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar roʻyxatlari shakllantirildi hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan tashkil etilgan avtomashinalar yordamida mazkur xonadonlarga ijtimoiy yordam yetkazib berildi.
Xususan, kunning ikkinchi yarmida Bektemir tumanidagi 35 ta, Mirobod tumanidagi 60 ta, Olmazor tumanidagi 98 ta, Sergeli tumanidagi 136 ta, Uchtepa tumanidagi 73 ta, Shayxontohur tumanidagi 48 ta, Chilonzor tumanidagi 93 ta, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 102 ta, Yunusobod tumanidagi 136 ta, Yashnobod tumanidagi 52 ta, Yakkasaroy tumanidagi 126 ta oilaga kun davomida qabul qilingan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari yetkazildi.
Kun davomida esa 10 500 dona oʻsimlik yogʻi (5 litr), 52 tonna un, 50 tonna guruch, 3 tonna sabzi, 1 tonna shakar, 80 dona tovuq goʻshti, 4 008 dona qadoqlangan mol goʻshti (tushonka), 1140 dona sariyogʻ, 340 qadoq quruq choy, 200 kg noʻxot, 480 dona bolalar boʻtqasi, 210 kg fasol, 3 tonna qizil sabzi, 1000 qadoq shirinlik mahsulotlari, 3950 dona antiseptik qoʻl tozalash vositasi, 20 000 dona tibbiy niqob, 20 000 dona qoʻlqop, 5 000 dona kombinzon himoyalovchi kiyimi, 1 500 ta sanitar-gigiyena vositalari, 10 dona nogironlik aravachalari qabul qilindi.
Poytaxtimizdagi 1684 ta, jumladan, Bektemir tumanidagi 92 ta, Mirobod tumanidagi 120 ta, Olmazor tumanidagi 161 ta, Sergeli tumanidagi 193 ta, Uchtepa tumanidagi 122 ta, Shayxontohur tumanidagi 135 ta, Chilonzor tumanidagi 165 ta, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 192 ta, Yunusobod tumanidagi 211 ta, Yashnobod tumanidagi 87 ta, Yakkasaroy tumanidagi 206 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar mazkur mahsulotlar bilan taʼminlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |