Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi qoshidagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi jamlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni ehtiyojmand oilalarga yetkazib berishni boshladi.
Xayriya mahsulotlari sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq koʻrikdan oʻtkazilib, qabul qilinmoqda. Tegishli tartibda taqsimlanib, manzilga yetkazilgunga qadar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq saqlanishi taʼminlanayotir. Xayriya yordamlari ortilgan transportlar har bir mahallaga kirib chiqqanidan soʻng toʻliq sanitar ishlovdan oʻtkazilmoqda.
Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazida jamlanayotgan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalarining dastlabki qismi koʻngillilar tomonidan maxsus ajratilgan uchta “Damas” avtomashinasida Termiz shahridan Termiz tumanidagi Kattaqum, Nurafshon hamda At-Termiziy nomli mahallalarga koʻchib borgan 65 ehtiyojmand xonadonga yetkazib berildi.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, tashkil etilganidan buyon Termiz shahridagi markazga oʻn tonnadan ziyod kartoshka, har biri besh tonnadan ortiq makaron, shakar, un, yogʻ, guruch, piyoz kabi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, antiseptik vositalar, tibbiy niqob va boshqa zarur dori-darmonlar toʻplangan.
Termiz shahri va tumanlarda tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida CALL CENTRlar faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Termiz shahrida “1197” qisqa telefon xizmati orqali yordamga muhtoj shaxslar, xayriya qilmoqchi boʻlgan tadbirkorlar va boshqa saxovatpesha insonlar murojaatlari uzluksiz qabul qilinmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |