2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol dengizining 706 ming gektardan ziyod maydonida o‘rmonlashtirish tadbirlari olib borildi

Orol dengizining qurigan maydoniga «yashil qoplama» – himoya o‘rmonzorlarini barpo qilishning navbatdagi mavsumi yakuniga etdi. Mo‘ynoq tumaniga qarashli sobiq Vozrojdenie oroli va Qorao‘zak tumani huxudidagi Aqpetkey massivida samolyotda urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish ishlari olib borildi.

–2019-2020 yillarda dengizning qurigan maydoniga, ya’ni Vozrojdenie va Aqpetkey hududlariga 700 ming gektar maydonda «yashil qoplama» – himoya o‘rmonzorlari barpo qilish uchun cho‘l o‘simliklarini ekish belgilangan edi. Mart oyi oxirlarida belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarildi – Orolning suvi qurigan 706 ming 401 gektar maydonida o‘rmonlashtirish ishlari olib borildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Erniyaz Akimniyazov. – Reja bo‘yicha 100 ming gektar maydonda ko‘chat ekish, 510 ming gektar maydonda samolyot yordamida urug‘ sepish hamda 90 ming gektar maydonda texnika yordamida urug‘ ekish mo‘ljallangan bo‘lsa, haqiqatda 40 ming 284 gektar maydonda ko‘chatdan ekildi, 663 ming 103 gektar maydonga texnikalarda (samolyot, delьtaplan va traktorlarda) urug‘ sepildi. Mavsum davomida qariyb 167 ming gektar er maydoni ekishga tayyorlandi.

O‘rmonlashtirish tadbirlari uchun 2 ming 770 tonnaga yaqin cho‘l o‘simliklari urug‘lari tayyorlandi. Shundan 600 tonnaga yaqini Mo‘ynoq tumani aholisi tomonidan to‘plandi. Ekishga asosan saksovul urug‘lari, undan tashqari qorabaraq, qandim, cherkez va boshqa cho‘l o‘simliklari tayyorlandi va ekildi.
Orolning qurigan tubida o‘rmonlashtirish tadbirlariga 850 ta texnika (jumladan 4 ta samolyot) va 2500 dan ortiq ishchilar jalb qilindi.

Mazkur tadbir 2019 yil dekabrь oyida boshlangan bo‘lib 2020 yil mart oyi oxirlarida reja ortig‘i bilan bajarildi. Bundan oldingi masumda (2018 yil dekabrь va 2019 yil mart oylari) 460 ming gektardan ortiq maydonda cho‘l o‘simliklari ekilgan edi.

Umuman, o‘rmonlashtirish tadbirlari dengiz chekingandan keyin, ya’ni o‘tgan asrning 80 yillarida boshlangan bo‘lib, qariyb 40 yil davomida atigi 400 ming gektar maydon o‘rmonlashtirilgan edi. 2018 yilgacha, ya’ni yangi o‘rmonlashtirish davri boshlangunga qadar, Mo‘ynoqda o‘rmonlashtirish tadbirlariga atigi ikkita traktor (T28 markali) va 10-15 ishchi jalb qilingan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich bir necha yuz barobarga oshgan.

07.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar