Mamlakatimizda koronavirusni davolash maqsadida yangi bir usul — pandemiyadan tuzalib chiqqan insonlar qoni plazmasini kasallikning og‘ir shaklini boshidan kechirayotgan bemorlarga quyish joriy etilishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, COVID-19 infektsiyasi bilan to‘qnash kelgan bemorlar qoni plazmasida ushbu virusga qarshi immun to‘qimalari hosil bo‘ladi. Aynan shu to‘qimalar zararli virusni o‘ldiradi.
Shu o‘rinda tabiiy savollar tug‘iladi. Bu holatda qayta quyilgan plazma orqali boshqa biror kasallik yuqishi xavfi yo‘qmi? Ayni amaliyotning turli noma’lum salbiy asoratlari bo‘lishi mumkinmi?
Qayd etilishicha, koronavirus infektsiyasidan aziyat chekayotgan bemorlarga yangi plazma quyilishidan oldin, ushbu qon tarkibida boshqa xil infektsiyalar bor-yo‘qligi chuqur tekshiriladi, tibbiy ko‘rik, tahlillar o‘tkaziladi. Qoni tarkibida hech qanday zararkunanda yoki xastalik nishonasi yo‘qligiga ishonch hosil qilingan donor qonidan boshqa, og‘ir bemorlarga quyish uchun ozgina olinadi.
Aynan kam miqdor qon bergan kishi uchun ham biror salbiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Bu amaliyot ilmiy jihatdan isbotlangan. Keyin yig‘ilgan qon plazmalariga yana bir bor qayta ishlov beriladi va kasallikni og‘ir o‘tkazayotgan bemorning roziligi bilan uning tanasiga yuboriladi. Bu jarayonda shifokorlar tomonidan belgilangan yo‘riqnomalarga, shuningdek maxsus muolaja tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilinadi.
Eng muhim jihati, COVID-19 infektsiyasini engib o‘tgan odamlar qoni og‘ir va uzoq vaqt davom etayotgan kasallikka uchragan insonlar hayoti uchun kurashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu holatda virus bilan kurashish jarayoni tezlashadi va engil kechadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |