2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-aprel kuni qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Hozirgi global inqiroz va pandemiya sharoitida aholi bandligi va daromadini taʼminlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlashda qishloq xoʻjaligi eng koʻp imkoniyatga ega soha hisoblanadi.

Xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra, pandemiya oqibatida ocharchilikdan qiynalayotgan aholi soni 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 millionga yetadi.

Mamlakatimizda ichki talabni toʻliq taʼminlash bilan birga eksportni oshirish uchun ham katta imkoniyatlar bor. Soʻnggi uch yilda sohada manfaatdorlikni oshirish, oddiy qilib aytganda, dehqon va fermerni boy qilish uchun barcha masalalar hal qilib berildi. Endi mutasaddi rahbarlaru mirishkorlar ham hosil va daromadni koʻpaytirish uchun yangicha ishlashi zarur.

Bu yil qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili boʻladi. Pandemiya va karantin qancha vaqt davom etishidan qatʼi nazar, aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyoji kamaymaydi. Shu bois meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish vazifasi qoʻyilmoqda.

Yigʻilishda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakchi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Bogʻ va tokzorlarda qator oralari, takroriy maydonlarning har bir qarichidan samarali foydalanib, 2-3-marta hosil olishni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik hamda Uzumchilik agentliklari sabzavot, poliz va boshqa turdagi ekinlar ekilishini tashkil etish uchun masʼul etib belgilandi.

Ichki ishlar vazirligiga karantin qoidalariga amal qilgan holda, qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berildi.

Mahsulot hajmini oshirish uchun joriy yilda 124 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni toʻliq oʻzlashtirish lozim.

Bugungi kunda Baxmal tumanida 3 ming gektar, Qoʻshrabot tumanida 5 ming gektar, Beshariq tumanida 2 ming gektar oborotdan chiqqan yerda quduqlar qazilib, bogʻ va tokzorlar barpo qilish boshlangan. Bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish, suv chiqarib, lalmi yerlarni oʻzlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Bu maqsadlar uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamgʻarmalariga 300 milliard soʻm ajratiladi. Tashkil etilgan bogʻ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha lizing asosida beriladi.

Yana bir yoʻnalish – oʻzlashtirilgan yerning ijara huquqi muayyan oziq-ovqat turini yetishtirish sharti bilan 5-10 yilga sotiladi. Bundan tushgan mablagʻ yangi yerlarni oʻzlashtirishga sarflanadi.

Yigʻilishda urugʻlik va mineral oʻgʻitlar taʼminoti muammosi ham tahlil qilindi.

Bugungi kunda ekin urugʻlarining 25-30 foizi xorijdan olib kelinadi, qolgan qismi esa dehqonlar tomonidan turlicha tayyorlanadi.

Xitoyda eksportbop dukkakli ekinlardan 30-40 sentner hosil olinsa, Oʻzbekistonda 20 sentnerdan oshmaydi, ayrim hududlarda esa 7-8 sentnerni tashkil qiladi, xolos.

Pandemiya sharoitida urugʻliklar taʼminotida uzilishlar boʻlmasligi kerakligi aytib oʻtildi.

Har yili mamlakatimizga 300 ming tonnaga yaqin kartoshka, shuningdek, 10-15 ming tonna urugʻlik kartoshka chet eldan olib kelinadi. Shu bois Qoʻrgʻontepa, Baxmal, Zomin, Shahrisabz, Kitob, Yangiqoʻrgʻon, Bulungʻur, Boʻstonliq tumanlari urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilishi belgilandi.

Tizimdagi yana bir muammo – meva-sabzavot yetishtirish uchun 255 ming tonna fosforli, 290 ming tonna azotli oʻgʻit yetishmaydi. Shuningdek, oʻgʻitlarning birja savdolari orqali sotilishi ham dehqonlarga qator qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda.

Shu bois “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda oʻgʻit doʻkonlari tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

– Ekinlarni ekishga oz muddat qoldi. Bu ishlarni oʻn kun ichida yakunlamasak, keyin kech boʻladi. Mablagʻ boʻlmasa, ekin ham boʻlmaydi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shundan kelib chiqib, meva-sabzavot yetishtirish va sotib olishga alohida moliyalashtirish tizimini joriy etish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Serquyosh yurtimizda aprel oyining ikkinchi yarmida koʻkat, pomidor, bodring, may oyida esa gilos va oʻrik tayyor boʻladi. Eksportning 60-70 foizi ushbu mahsulotlarga toʻgʻri keladi.

Mutasaddilarga meva-sabzavotlar eksporti boʻyicha tumanlar va xoʻjaliklar kesimida aniq hisob-kitob qilib, pandemiya sharoitida yuzaga keladigan masalalarni qisqa muddatda hal qilib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini shu tarmoqqa ixtisoslashtirish boʻyicha alohida qarorlar qabul qilindi. Umuman, tarmoqda oldingi yillarda boʻlmagan ragʻbatlantirish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi. Naslli mollar uchun 2 million soʻmgacha, naslli qoʻy va echkiga 400 ming soʻmdan subsidiya ajratish mexanizmi joriy etildi. Joylarda zamonaviy chorva komplekslari ishga tushirilmoqda.

Prezidentimiz endi mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish bilan birga import qilinayotgan tovarlar oʻrnini qoplash zarurligini taʼkidladi.

Ozuqa ishlab chiqaradigan korxonalar, qoramol boqish boʻyicha oilaviy kooperatsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi. Har bir viloyatda naslli qoramol tayyorlash va sotishga moʻljallangan xoʻjaliklar tashkil etilishi belgilandi.

Parrandachilikda ham ozuqa taʼminotini mustahkamlash va aholi bilan kooperatsiyani rivojlantirish kerak.

Yigʻilishda qayd etilganidek, kooperatsiya asosida xonadonlarda parranda boqish tajribasi keng joriy etiladi. Bunda parrandachilik korxonasi xonadonga uch kunlik joʻjalarni tarqatib, ozuqasini yetkazib beradi. Qirq kundan keyin kooperatsiyaning oʻzi goʻshtni markazlashgan holda sotib oladi.

Maʼlumki, baliqchilik uchun ham barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratilgan. Oʻtgan yili yurtimizda 200 ming tonna baliq yetishtirilgan.

Bugungi kunda 38 ming gektar sunʼiy suv havzalarining atigi 0,6 foizida intensiv baliqchilik tashkil etilgan. Qolaversa, ularda hosildorlik darajasi pastligicha qolmoqda.

Yigʻilishda bu yil baliq yetishtirishni kamida 350 ming tonnaga yetkazish, sunʼiy havzalardan foydalanish samaradorligini oshirib, baliqchilik xoʻjaliklari va qayta ishlash korxonalari tashkil qilish boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

Asalchilik tarmogʻiga eʼtibor qaratilar ekan, bu yil ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga koʻpaytirish, oʻrmon xoʻjaliklaridagi imkoniyatlarni toʻla ishga solish muhimligi taʼkidlandi. Aholiga asalari uyalari tarqatib, ulardan mahsulot sotib oladigan asalarichilik klasterlari tashkil qilish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Qishloq aholisini uy sharoitida ish bilan taʼminlaydigan rezervlardan biri – ipakchilik sohasi. Joriy yilda 382 ming quti ipak qurti boqilishini inobatga olsak, bu kamida 750 ming odamni ish bilan band qilish degani.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va Mehnat vazirligiga bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish, yaxshi hosil olgan xonadonlarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish topshirildi.

– Ushbu chora-tadbirlar natijasida minglab fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirishga erishamiz. Bozorlarimizda mahsulot koʻp boʻladi. Har bir vazir, sektor rahbari buni yuragidan oʻtkazib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda mening oʻrnim qanday boʻladi, degan savolga vijdonan javob berishi kerak, – dedi Prezident.

Videoselektor yigʻilishida qishloq xoʻjaligi tarmoqlari rahbarlari, viloyat hokimlari axborot berdi. Hududlarga biriktirilgan mutasaddilar va hokimlarning pandemiya davrida amalga oshirayotgan ishlari tanqidiy koʻrib chiqildi.

15.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar