Joylarda aholi bilan uchrashuvlar natijalari, murojaatlar tahlili davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida bog‘lab turuvchi ko‘prikka zarurat borligini ko‘rsatmoqda.
Bu borada davlatimiz rahbari joriy yilning 16 aprel kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5980-sonli farmoniga binoan tuziladigan yangi palata davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlovchi muhim hujjat hisoblanadi.
Farmonda belgilanganidek, Jamoatchilik palatasida jamoatchilik asosida ishlaydigan a’zolar soni 50 nafardan iborat bo‘lib, ularning 18 nafari Prezident tomonidan tayinlanadi. Ular turli sohalarda jamiyat rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar, NNT va OAV vakillari orasidan tayinlanadi. Yana 18 nafar a’zo esa respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan NNT, OAV va keng jamoatchilik vakillari taqdim etgan nomzodlar orasidan tanlov asosida Jamoatchilik palatasi qaroriga asosan a’zo etib qabul qilinadi. Palataning 14 nafar a’zosi hududiy Jamoatchilik palatasi vakillari bo‘lib ular lavozimi bo‘yicha hududiy Jamoatchilik palatasi raisi hisoblanadi.
Shuningdek, hududiy Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar a’zodan iborat bo‘lishi belgilandi. Jamoatchilik palatasi vakillarining muddati 3 yil qilib belgilangan. Yuridik maqomi esa maslahat Kengash organi bo‘ladi. Jamoatchilik Kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan taklif va mulohazalar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.
Palata a’zolari har bir davlat organining ochiq hay’at majlisida shuningdek, Oliy Majlis palatalarining majlislarida, hukumat soatida, mahalliy Kengashlar majlislarida ishtirok etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar, o‘ta dolzarb masalalarga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Bundan tashqari palatalarga jamoatchilik palatasi so‘rovini yuborish, davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkiblarini shakllantirishda ishtirok etish singari vakolatlar berilmoqda.
Yangi kiritilayotgan tartibga muvofiq viloyat xalq deputatlari kengashlarining yig‘ilishlarida har chorakda jamoatchilik palatasi tomonidan ko‘tarilgan va o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilinishi belgilandi. Shu bilan birga jamoatchilik palatasiga berilgan muhim masalalardan biri bu fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental tadqiqotlarga tashabbuskor bo‘lish imkoniyati berilmoqda.
Jamoatchilik palatasining muhim vazifalaridan biri bu davlat dasturlarining ham monitoringini amalga oshirish, undan tashqari joylarda qonunchilik hujjatlarining amalda ishlash holatini ham monitoring qilish vazifasi yuklatilmoqda. Bu esa “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunda belgilab berilgan nazorat funktsiyalari, nazorat instrumentlaridan endilikda yanada faol, yanada kengroq foydalanish imkoniyatini beradi. Bu borada farmonda manfaatdor vazirlik va idoralarga “O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi jamoatchilik palatasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Shunday qilib, mamlakatimizda jamiyat islohotlar tashabbuskori degan xalqchil g‘oyaning amaldagi ro‘yobi sifatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiluvchi yangi tuzilma maydonga kelmoqda. Biz nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bu ishonchni oqlaymiz va o‘zimizda bor imkoniyatlarni amalga oshirib xalq uchun beminnat xizmat qilishimizni bildiramiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |