Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan Oltinkoʻl mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.
Mirzachoʻlni oʻzlashtirishning dastlabki davrlarda – 1967-yilda tashkil etilgan Paxtakor tumanining yaqin yillargacha mehmonlarni qiziqtiradigan jihati yoʻq edi. Aksincha, choʻlini oʻzlashtirishning dastlabki davrlarida qurilib, bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermay qolgan uylarning abgor holati, ijtimoiy infratizimning zaifligi aholiga katta qiyinchilik tugʻdirib kelayotgan edi.
Bugun tumanga kelgan mehmonlar yangi qiyofadagi turar joy massiviga duch kelishgandan hayratga tushganlarini aytishdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlaridan koʻzlangan bosh maqsad – aholi ehtiyojlarini taʼminlash, odamlarimizni rozi qilish ekanligining hayotiy ifodasini aynan shu yerda ham koʻrish mumkin edi.
Tuman markazida 1960-1970-yillarda qurilgan 88 ta barak tipidagi uyning 611 ta xonadonda 939 ta oila qiynalib yashab kelgan edi. Oʻtgan yili bu oilalar uchun Oltinkoʻl mahallasi hududida 435 ta, “Olmazor” qishlogʻida 305 ta jami 740 ta yakka tartibdagi zamonaviy milliy uslubdagi uy qurildi. Barak uylar egalarining qolganlari yangi qurilgan koʻp qavatli uylarga koʻchib chiqdi.
Mehmonlar Oltinkoʻl mahallasida turar joy massivida yangi uylarga koʻchib chiqqan odamlarning yashash sharoiti bilan tanishdi. Kommunikatsiya tarmoqlari, elektr, gaz, ichimlik suvi, ichki yoʻllar qurilishidagi ishlar bilan ham qiziqdi. Mahallada “Paxtasanoat” OTAJ tomonidan bunyod etilgan 150 ish oʻrinli tikuvchilik sexi faoliyati bilan qiziqdi.
– Bu yerda koʻrganlarim men uchun kutilmagan yangilik boʻldi, – deydi BMT Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer. – Odamlarning uy-joy bilan taʼminlash, ular uchun yashash sharoiti yaratib berish masalasi BMT faoliyatidagi eng muhim masala hisoblanadi. Biz,Oʻzbekiston hukumatining bu masalani hal etishga juda katta eʼtibor bilan qarayotganidan juda mamnunmiz.
Shu oʻrinda bu yerda yana bir muhim jihatga, hukumat respublikadagi kam sonli millat vakillariga teng imkoniyatlar yaratib, ularga yashashlari uchun barcha qulayliklarni yaratib qoʻyganiga guvoh boʻldim. Yangi uylarda yashayotganlarning koʻpchiligi respublikadagi kam sonli millat vakillari ekan. Bu juda yaxshi.
Xuddi shunday fikrlarni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili ham bildirdi.
– Uy odamlarga faqat boshpana emas, bu inson behavotir yashaydigan eng birinchi maskandir, — deydi janob Djon Makgregor. – Bu yerda odamlar uy bilan taʼminlangan. Yana bir muhim jihat odamlarning yashashi uchun eng zarur vosita boʻlgan ish joyidir. Yevropa standartlari talablariga yaqin tikuvchilik korxonasi barpo etilgani hukumat bu masalani ham hal etayotganligi natijasidir. Bu muvaffaqiyatlar odamni quvontiradi.
Shuningdek, mehmonlar mahalla guzari qurilishi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish inshootlari, 50 nafar bolaga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasasi, sunʼiy toʻshamali sport maydonchasi qurilishi bilan tanishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |