2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagani oqibatida aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mamlakatimizning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102 ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.

Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. 

«Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganmiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yo‘lidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi» dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini o‘zlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

20.07.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar