2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir juft qaro koʻzingiz emas, qalb koʻzingiz soʻqir boʻlsa yomon!

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini yana-da rivojlantirish, bu borada har qarich yerdan samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tomorqachilikni rivojlantirish bugungi pandemiya sharoiti va u sabab yuzaga kelayotgan global iqtisodiy inqiroz holatida aholi bandligi va daromadini oshirishning asosiy yoʻllaridan biri boʻlib turibdi.

 

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan yurtimizdagi barcha mahallalarda odamlarning turmush sharoiti, ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilishi barobarida tomorqadan samarali foydalanish, bu borada omilkor dehqonlarning ilgʻor tajribalari targʻib qilinmoqda. Eʼtiborli jihati, oʻrganishlar tahlili mehnatkash, tomorqasining har qarich yeridan unumli foydalanib, yuqori daromad topayotgan oilalar koʻpligini koʻrsatmoqda.

 

Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi Xasanjon Oyxoʻjayevlar oilasi ana shunday mehnatsevar, omilkor oilalardan biridir. Xasanjon 1-guruh nogironi. Koʻzlari yorugʻ dunyoni u qadar yaxshi koʻrmasada, halol mehnati, matonati bilan bor imkoniyatlardan oqilona foydalanib kelayotgan shijoatli yoshlardan. Ushbu xonadonga kirib borgan har bir inson bu yigitdagi mehnatga chanqoqlik, kelajakka ishonch hamda bugungi kuniga shukronalik hissini tuyadi.

 

Xasanjon Oyxoʻjayev bugungi kunda 3,5 sotixli tomorqasida issiqxona tashkil qilib, bir yilda 3 marotaba hosil olmoqda.

 

– Issiqxonamizda pomidor, bodring, toʻqsonbosti ekinlar ekib, oʻz oilam va aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlab kelayapman, – deydi Xasanjon. – Shu moʻjazgina issiqxonadan har yili yaxshigina daromad olamiz. Bu yil 30 million soʻm daromad olishni moʻljallab turibman.

 

Koʻzlari yorugʻ dunyoni yaxshi koʻra olmaydigan ushbu yigitning hayot tarzi barchamizga ibrat boʻlmogʻi lozim. Zero, sizu biz “koʻzi ojiz”, deguvchi shu yigitning qalb koʻzi ochiq. Xasanjon qalb koʻzi ila qilayotgan halol mehnati bilan ayrim koʻzi ochiq, boqimandalik kayfiyatiga berilib, “Men yurtimga emas, yurtim menga nima berdi”, deb yashayotgan “soʻqirlarga” har tomonlama ibrat boʻla oladi.

04.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar