2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Gʻalaba bogʻidagi Shon-sharaf muzeyini koʻzdan kechirdi

Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng mudhish, eng beshafqat toʻqnashuv boʻlgan. Jangu jadallar Yevropa, Osiyo va Afrika qitʼalarida, havoyu okeanlarda kechgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bu urushda jami 85 milliongacha inson halok boʻlgan. Yer yuzi behisob vayronagarchilik va qahatchilikka yuz tutgan.

Davlatimiz rahbari avvalgi chiqishlarida Oʻzbekiston xalqining Gʻalabaga qoʻshgan hissasini yana-da chuqurroq oʻrganish zarurligini taʼkidlagan edi. Shundan soʻng bu borada katta ilmiy tadqiqotlar qilindi. Ilgari yopiq boʻlgan tarixiy hujjatlar ham oʻrganildi. Chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar, olimlar bilan hamkorlik natijasida qahramon ajdodlarimiz haqida yangi maʼlumotlar qoʻlga kiritildi.

Masalan, shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistondan 1 million 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan maʼlumotlarga koʻra, 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali oʻz tasdigʻini topdi.

Yurtimizda qolgan ayollar, keksalar, yosh bolalar ham chinakam qahramonlik koʻrsatganlar. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan barcha odam halovatdan voz kechib, tinimsiz mehnat qilgan. Respublikamizdan jang maydonlariga samolyot va tanklar, qurol-yarogʻ, ulkan miqdorda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazib turilgan.

Minglab urush qatnashchilari Oʻzbekistonda tashkil etilgan harbiy gospitallarda davolangan. Yangi aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, urush oʻchogʻiga aylangan oʻlkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga oʻz uyidan joy berib, soʻnggi burda nonini ham baham koʻrgan.

Elimizning bu jasorati, mehr-muruvvat va insonparvarlik fazilatlari hali hamon shon-sharaf maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib kelmoqda. Vaqt oʻtgani sayin bu oʻlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Shon-sharaf muzeyida ana shunday shonli tarix oʻz ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan.

Davlatimiz rahbari muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Bu yerdagi eksponatlar Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaga katta hissa qoʻshgan xalqimizning jasoratini tarannum etishga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini taʼkidladi.

- Bu muzeyning paydo boʻlishi adolatning tiklanishi demakdir. Tariximizning bir qismi boʻlgan urush voqealarini bir joyda namoyon etadigan bunday maskan yoʻq edi. Bu ishlardan maqsad-muddaoimiz - xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaga qoʻshgan buyuk hissasini tarixga muhrlab qoʻyish, yosh avlodlarga yetkazish. Yuz yillardan keyin ham odamlar kelib, urush voqealari va oqibatlarini, tinchlik qadrini bilishi kerak, - dedi Prezident.

Muzey oltita boʻlimdan iborat boʻlib, 1-boʻlimda respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi, jang maydonlaridagi jasorati aks ettirilgan. Ikkinchi boʻlim “Oʻzbekiston – front uchun ishonchli tayanch qoʻrgʻoni” deb nomlangan. Keyingi boʻlimda urush yillarida yurtimizdagi ilm-fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash sohalari namoyish etilgan. 4-boʻlim “Urush va gʻalaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi” deb atalgan boʻlsa, navbatdagi shoʻbada urush yillaridagi badiiy adabiyot, sanʼat va matbuot haqida hikoya qilingan. “Mardlar jasorati mangu yashaydi” nomli 6-boʻlimdan 33 jildlik “Xotira” kitobi, shuningdek, bayram munosabati bilan nashr etilgan kitob-albom va boshqa eksponatlar oʻrin olgan.

Shavkat Mirziyoyev Shon-sharaf muzeyida har bir qoʻmondonlikning oʻz joyi boʻlishi, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazib, ularning ekspozitsiyalarini toʻldirib borishi zarurligini taʼkidladi. Harbiy xizmatchi va kursantlarni, yoshlarni bu yerga olib kelib, ularda mardlik, fidoyilik ruhini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbari bogʻdagi “Koʻz yoshi” majmuasini ham koʻzdan kechirdi. Koʻz shaklidagi bu badiiy majmuada urushning mudhishligi, millati va dinidan qatʼi nazar, barcha odamlar birligi ifodalangan.

Bogʻ hududida bir nechta marmar devorlarda kompozitsion pannolar barpo etilgan. Ularda sarkarda bobolarimiz tarixidan lavhalar, Ikkinchi jahon urushiga oid eng muhim maʼlumotlar, milliy armiyamizning hozirgi jangovar holati aks ettirilgan. Urush yillaridagi kuy-qoʻshiqlar va xabarlar asosida tarixiy muhit jonlantirilgan.

 

09.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar