Namangan – ko‘plab buyuk allomalarga qanot bo‘lgan zamin. Bu ko‘hna yurtda Maxdumi A’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim Namangoniy, Muhammadsharif So‘fizoda singari shoir va ma’rifatparvarlar tug‘ilib ijod qilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Ishoqxon Ibrat haqida alohida to‘xtalib, u kishiga atab zamonaviy bog‘ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini bayon etgan edi.
XIX asrda To‘raqo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan Ibrat domla arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, dedi Prezidentimiz. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, Sharq va Yevropa ilm-fani, madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishgan, yurtimizga ilg‘or madaniyat va texnika yangiliklarini olib kirishga intilgan.
Ibrat domla o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908-yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qo‘qongacha poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o‘z hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu ma’rifatparvar inson ko‘plab ilmiy, pedagogik hamda badiiy asarlar yaratgan, o‘z qishlog‘ida yangi maktab va kutubxona ochgan, aholi uchun zamonaviy bog‘ barpo qilgan, hozirgacha g‘oyat noyob hisoblanadigan olti tilli lug‘at yaratib, o‘z bosmaxonasida chop ettirgan. Uning “Farg‘ona tarixi” degan mashhur asari mamlakatimiz tarixiga oid nodir manbalardan biridir.
Prezidentimiz taklifi jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, To‘raqo‘rg‘onda Ishoqxon Ibratga bag‘ishlangan so‘lim bog‘, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi” tashkil etilmoqda.
Bog‘ odamlarning mazmunli hordiq chiqarishiga qulaylik yaratish bilan ma’naviy olamini ham boyitadi. Bu yerda ma’rifatparvar bobomizning haykali o‘rnatiladi. Muzey Ishoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ulug‘ ajdodimiz Ibrat taxallusini o‘ziga bejiz tanlamagan, dedi Prezidentimiz. Uning Vatan va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolmoqda.
Davlatimiz rahbari mazkur kompleksni mazmun jihatidan takomillashtirish, til o‘rgatish bo‘yicha maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etish, bu yerda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni ixtisoslashtirilgan tarzda o‘rgatish zarurligini ta’kidladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarga zarur sharoitlar yaratish, majmua atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o‘ylab ish tutish kerak, dedi Prezidentimiz.
Shavkat Mirziyoyev tumandagi Namangan ko‘chasida xalq ichiga kirib, odamlar bilan muloqot qildi. Aholi Prezidentimiz tashrifidan xursandligini, amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar uchun minnatdorlik izhor etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |