2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sardoba: Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon

Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda Jizzax viloyatidan 20 ta quruvchi tashkilot tarkibida 600 nafarga yaqin payvandchi, gʻisht teruvchi, boʻyoqchi, duradgor va boshqa qurilish ustalari ishtirok etayotir. Ular Mirzaobod tumanidagi 112 turar joyni qayta tiklamoqda.

Bugun Sardoba toshqinidan jabr koʻrgan hududlariga butun mamlakatimizdan kelayotgan koʻmak, bu yerda olib borilayotgan ishlar, katta yoshdagi kishilarning xotirasida olis 1966-yilning 26-aprelidagi zilziladan soʻng Toshkent shahri tiklanishini qayta jonlantirishi aniq. Madhiyamizda kuylanganidek, “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon, olamni mahliyo aylagan diyor”ning hayotdagi manzarasini bugun aynan shu yerda koʻrish mumkin.

Bu oʻxshatish emas, aynan oʻxshashlik. Xalq deb atalmish buyuk xalqatning oʻz qudratini tarixdagi katta sinovlar davrida namoyish etishiga yangi bir misol. Bu qudratning timsolida xalqqa dohil boʻlgan ahillik, matonat, jasorat, qahramonlik,mehr, muruvvat, sahovat kabi sifatlar namoyon boʻlayotir.Bugun Prezidentimizning daʼvati bilan bu yerda mamlakatimizning barcha joylaridan kelgan odamlarning juda katta koʻtarinkilik bilan qilayotgan mehnatlarida aynan shu haqiqat aks etmoqda.

Mirzaobod tumanidagi Haqiqat mahallasida joylashgan Jizzax viloyatining“Koʻmak shtabi“quruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirib borayotir. Shtab maʼlumotlariga koʻra,tiklash ishlari olib borilayotgan ushbu mahallada 500 ga yaqin turar-joyda salkam 3 ming aholi istiqomat qilib kelgan. Toshqin oqibatidaturar-joy binolarining aksariyati zarar koʻrgan.

Chumolining ham uyi buzilmas, degan xalq hikmati bejiz aytilmagan. Odamlar otalaridan qolgan yoki oʻzlari umrbod bunyod etgan uylaridan ayrilishi esa juda katta yoʻqotish.

– Prezidentimiz ofatning birinchi soatlarida yetib kelib,har bir odam davlat himoyasida ekanligini aytishi va bu gʻamxoʻrlik amalda oʻz isbotini topishi boshimizga tushgan ogʻir kulfatni yengishimizga ruhiy kuch bagʻishladi,– deydi mehnat faxriysi Xayriddin Boʻstonov.– Davlatimiz tomonidan jabrlanganlarning har biriga 40 million soʻmdan koʻmak berilishi, yangi uy bilan taʼminlanishi kafolatlangani, ogʻir kunlarda xalqimiz yordam qoʻlini choʻzayotgani ertangi kunimizga, farzandlarimiz kelajagiga umidimizni soʻndirmadi. Bugun yangi uylar qurilib, foydalanishga yaroqli binolar tiklash ishlarining katta surʼatlar bilan borayotganidan biz yolgʻiz emasligimizni, davlatimizning himoyasida ekanligimizni,xalqimiz biz bilan birga ekanligini yurakdan his etayotirmiz.

Jizzaxlik quruvchilar tomonidan toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari, yaroqsiz holatga kelib qolgan infratuzilma obyektlarini qayta tiklash,uylarni taʼmirlash va qurilish ishlariga tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bundan tashqari, toshqin oqibatida hosil boʻlgan koʻlmak suvlarni, loy va boshqa chiqindilarni tozalash, yoʻl, kommunikatsiya tizimlarini taʼmirlashda quruvchilardan tashqari favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, Milliy gvardiya tizimlarining shaxsiy tarkiblari,kuch va vositalari tomonidan katta hajmda ishlar bajarilayotir.

Hozirga qadar jizzaxlik quruvchilar oʻzlariga ajratilgan112 ta uy-joyning 95 foizida tom qismini qayta qurish, 65 foizida deraza-romlarni yangisiga almashtirishga tayyor holga keltirdi. Bu ishlarni amalga oshirishda“Haqiqat” mahalla fuqarolar yigʻinidagi Chinobod qishlogʻida18 ta hamda “Yangiovul” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Baliqchi aholi punktiga 2 ta qurilish pudrat tashkiloti jamoasi mehnat qilayotir. Jizzaxlik quruvchilar bu uylarni mukammal taʼmirlab, yashash uchun toʻliq tayyor holga oʻz egalariga topshiradi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida toshqindan jiddiy zarar koʻrgan mahallalarda yaroqsiz holatdagi infratuzilma obyektlari qayta tiklanib, yoʻllar loyqalardan tozalanib, ijtimoiy hayot asta-sekin yana iziga tushmoqda.

Sardobada butun respublikamizning barcha viloyatlaridan quruvchilar mehnat qilayotir. Hukumatimiz tomonidan zarur qurilish ashyolarining uzluksiz yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyilgani, hasharchi quruvchilarning gʻayrati,ish surʼatining yuqoriligi bu yerda uylarni qayta tiklash ham, yangi turar joylarni qurish ham uzoqqa choʻzilmasligini koʻrsatmoqda. Hademay, bu yerda quruvchilardan esdalik respublikamizning barcha viloyatlari nomlari bilan atalgan, shu jumladan, “Jizzaxlik” koʻchasi, mavzesi paydo boʻlsa ajabmas.

18.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar