Suv toshqinidan zarar koʻrgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining aholisiga “Saxovat koʻmagi”ning kelishi va xayr-ehson aksiyasi tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” shiori ostida xayriya aksiyasi oʻtkazdi.
Suv toshqini talafotidan jabrlanganlarga qulay sharoitlar yaratilishini taʼminlashga oʻz hissasini qoʻshishga, ularga yordam qoʻlini choʻzib, qoʻllab-quvvatlashga oshiqqan fuqarolarimiz kundan-kun koʻpaymoqda.
“Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” shiori ostida eʼlon qilingandan ushbu aksiya boshlangandan buyon oʻtgan vaqt davomida koʻplab fuqarolar, biznes vakillari, jamoat va xalqaro tashkilotlardan katta miqdorda zarur isteʼmol tovarlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar, idish-tovoqlar va hatto, qoshiq, vilka, pichoqlar ham kelib tushganini tan olish lozim.
Fuqarolarimiz tomonidan sirdaryoliklar uchun atalgan xayr-ehsonni koʻngilli yoshlar oʻz avtomobillarida pandemiya tufayli joriy etilgan karantin talablariga hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻla rioya qilgan holda, ehson qilingan tovar-mahsulot va buyumlarni mashinalarga ortib, kerakli manzillarga yetkazib bermoqda.
Respublika Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi vakillari taʼkidlashicha, ushbu aksiya boshlangan davr ichida “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” shiori doirasida Sirdaryo viloyatiga gumanitar yordam ortilgan qariyb 20 ta yuk mashinasi joʻnatilgan.
Navbatdagi ichki ishlar idoralari vakillari kuzatuvida kelingan gumanitar yordam ortilgan avtomashinalar Sirdaryoga yetib kelinib, markaziy shtabga topshirildi. Ushbu insonparvarlik yordami KOICA xalqaro agentligi, Oʻzbekiston mebel va daraxtga ishlov berish sanoati assotsiatsiyasi, Sloveniyaning “KRKA” xalqaro farmatsevtika kompaniyasi, “S.Y.R Forwarders Ltd” transport kompaniyasi, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi va boshqa vazirlik, tashkilotlar kiyim-kechak, dori-darmon, gigiyena, antiseptik vositalar, uy uchun mebel jihozlari bilan oʻz hissalarini qoʻshdi.
Shu bilan birga, “Shodiyev Xalqaro fondi”ning vakolatxonasi tomonidan Adliya vazirligi va “Madad” NNT bilan hamkorlikda 500 dona xushxoʻr oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami ham ushbu saxovat karvonidan oʻz oʻrnini topgani eʼtiborga joiz.
Faollardan boʻlgan Umida Husainova Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi jabr koʻrgan 60 ta oilaga homiylar yordamida jamgʻarilgan jami 60 million soʻmni shaxsan, toshqindan jabrlanganlarga berdi.
Aksiya doirasida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan begʻaraz sayyor xizmatlar koʻrsatish toʻligʻicha yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi vaqtgacha 1 mingdan ortiq hujjat, jumladan, 740 ta tugʻilganlik haqidagi, 264 ta nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomalar tiklanib oʻz egalariga topshirildi.
Shu bilan birga, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” shiori ostida ochilgan maxsus hisob raqamiga joriy yilning 3-mayidan 15-mayiga qadar moliyaviy hissa qoʻshish istagida boʻlgan shaxslardan 298 million 356 ming 86 soʻm oʻtkazilgan boʻlsa, tashkilot, korxona, idoralardan 233 million 188 ming 412 soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi. “Payme” va “Click” toʻlov tizimi (“Xayriya” boʻlimi – “BizBirgamiz” logotipi) orqali fuqarolardan esa 65 million 167 ming 674 soʻm kelib tushdi.
Mazkur mablagʻlar suv toshqinidan talafot koʻrganlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, ular bilan maslahatlashgan holda tegishli mahsulot va buyumlar xarid qilishga yoʻnaltiriladi. Adliya vazirligi ushbu aksiyada yigʻilgan pul mablagʻlarining maqsadli sarflanishi jarayonini shaffofligi taʼminlanishi uchun barcha masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi. Oʻz navbatida, Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi ushbu hodisaga befarq boʻlmagan barcha fuqarolar va tashkilotlarga chuqur minnatdorlik izhor etdi.
Darhaqiqat, mazkur murakkab vaziyatda, suv toshqinidan zarar koʻrgan sirdaryolik fuqarolar barcha yordam koʻrsatayotgan va qoʻllab-quvvatlayotgan yurtdoshlarimizni tom maʼnoda, toʻlaligicha his qilayotganlarini, va barcha vatandoshlarimizdan benihoya minnatdor ekanini alohida taʼkidlash lozim.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |