2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonalari: sirdaryoliklarning hech bir muammosi o‘z echimini topmay qolmaydi

Bugun Sirdaryoda yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda Xalq qabulxonalari ham munosib ishtirok qilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari hamkorligida “Saxovat karvon”lari Sirdaryo viloyatiga muntazam jo‘natilmoqda. Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisi uchun shu kunga qadar jami 1 milliard so‘mdan ziyod 38 turdagi kundalik hayot uchun zarur mahsulotlar olib kelinib, ehtiyojmand oilalarga etkazildi. Bular asosan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-boshlar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiena vositalari va boshqa buyumlardan iboratdir.

Xalq qabulxonalari mas’ullari maxsus ishchi guruhlar tashkil etib, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida uyma-uy yurib, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ahillik”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh”, “Saxovat” kabi o‘nlab fuqarolar yig‘inlaridagi 3,5 mingdan ziyod oilalarning holatini o‘rgandi. Natijada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yo‘qotgan ayollar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali, ko‘p farzandli oilalar ro‘yxati shakllantirib, ularning eng birlamchi hayotiy muammolarini hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

photo_2020-05-19_19-35-38.jpg

Shu bilan birga vaqtinchalik ko‘chirilgan aholi holidan ham muntazam ravishda xabar olinyapti. Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari Guliston shahri “Bo‘ston”, Mirzaobod tumani “Navro‘z” mahallalarida singari tashkil etilgan qator ijtimoiy markazlardagi oilalarga kunlik ehtiyojlari uchun nima zarur bo‘lsa, barcha kerakli yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatyaptilar.

Toshqin oqibatidan jabr chekkan insonlar muammolarini o‘rganish asnosida Xalq qabulxonalariga 1,1 mingdan ziyod murojaat qabul qilingan. Mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning 89 foizi joyida hal qilingan. Xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlash, toshqin natijasida yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash, zararni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini belgilash va undirish, kredit ta’tillari berish, qo‘shimcha imoratlarni tiklash, bandlikni ta’minlash kabi qator masalalar shular jumlasidandir.

Bu bordagi ishlar izchil davom etmoqda. Sirdaryoliklarning hech bir muammosi o‘z echimini topay qolmaydi!

20.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar