2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Adliya idoralari faoliyatida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ortmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tub islohotlar davrida adliya idoralariga tobora masʼuliyatli va muhim vazifalar yuklanmoqda. Xususan, yagona davlat huquqiy siyosatini tashkil etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam koʻrsatish borasida adliya organlari va muassasalari faoliyati oʻziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Farmonda ularning ushbu yoʻnalishdagi ishlarini yana-da rivojlantirish bilan birga, hozirgi karantin sharoitida adliya idoralari faoliyatini masofaviy tarzda tashkil etish maqsadida sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga eʼtibor qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, adliya idoralarining raqamli texnologiyalar yordamida faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun zarur qonunchilik bazasi shakllantirilmoqda. “Harakatlar strategiyasi”da koʻrsatib oʻtilgan islohotlarni toʻlaqonli amalga oshirish va belgilangan maqsadlarga erishishda Adliya vazirligining institutsional asoslari va faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribalariga nazar solsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat organlari faoliyatida katta oʻrin tutishini koʻrishimiz mumkin.

Adliya idoralari nufuzini yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun toʻsqinlik qilayotgan byurokratik holatlarni yoʻqotish, raqamli texnologiyalar asosida koʻrsatiladigan xizmatlar sonini oshirish, shu jumladan, maʼmuriy tartib-taomillar sohasini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish kabi vazifalarni bajarish zamon talabidir.

Farmonda adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushirish vazifasi qoʻyilgan.

Farmonda adliya idoralari faoliyatini raqamlashtirish yoʻnalishida yana bir muhim talab qoʻyiladi. Unga koʻra, qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish toʻxtatilib, 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab esa toʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, farmonda adliya idoralari zimmasiga yana bir salmoqli vazifa yuklanadi. Yaʼni davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya boʻlimlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etiladi.

Sir emaski, yuridik xizmat va umuman yuriskonsultlarga boʻlgan talab yuqori boʻlsada, ularning sifati va ish natijalariga asosli eʼtirozlar koʻplab kuzatiladi. Ushbu vaziyatlarning oldini olish, yuridik xizmatlar sifatini oshirish, ularga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali huquqni qoʻllash amaliyotini birxillashtirish maqsadida yuqoridagi yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Farmonga koʻra, mazkur markazlar byudjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etilib, ular qonun hujjatlari bilan yuklangan barcha vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.

Muxtasar aytganda, farmonning qabul qilinishi adliya idoralari faoliyatida raqamli texnologiyalar joriy etish koʻrsatkichlarini yana-da oshirish, malakali va sifatli davlat xizmati, jumladan, yuridik xizmat olishga boʻlgan fuqaro va tashkilotlarning manfaatlarini taʼminlash darajasini yuksaltirish, adliya va notariat faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, adliya organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri – davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda samarali zamonaviy mexanizmlarni qoʻllashga imkon beradi.

22.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar