Mamlakatimizda yoshlarning muammolarini chuqur oʻrganib, ularning bandligini taʼminlash yuzasidan yil boshidanoq amaliyotga keng tatbiq etib kelinayotgan yangi gʻoyalar, bir qator tashabbus va loyihalar yuqori samara bermoqda.
Buni Buxoro viloyatining eng chekka hududi sanalgan Qorovulbozor tumani misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bugungi kunda tumanda jami 20 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan boʻlsa, shuning 3916 nafari yoki 19 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni tashkil etadi. Tumanda tuzilgan “Manzilli reja” va “Yoʻl xaritasi” loyihalariga koʻra 2020-yilda hududdagi ishsiz yoshlarning 898 nafarini ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Joriy yilning hozirgi davriga qadar esa tuman sektor rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasi bilan oʻzaro hamkorlikdagi muayyan saʼy-harakatlar natijasida 224 nafar yigit–qiz bandligi taʼminlandi.
Shu oʻrinda aniq misollar asosida soʻz yuritadigan boʻlsak, tumanda “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida maxsus dastur ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida hozirgacha unumdor, sugʻoriladigan 15 gektar ekin maydoni gʻayrat-shijoatli yoshlarga taqsimlab berilishi ortidan ikkita muhim masala hal qilinmoqda. Birinchidan, yoshlar bandligi koʻzda tutilgan boʻlsa, ikkinchidan, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish imkoniyati yaratildi. Masalan, Namangan viloyatining Chust tumanidan kelgan Sayfulla Tursunaliyev oʻziga tegishli maydonda poliz mahsulotlari yetishtirish barobarida uzumning Fargʻona navlari parvarishini ham yoʻlga qoʻydi.
Qorovulbozorda izlanuvchan, yangilikka intilib faoliyat koʻrsatayotgan yoshlar talaygina. Shulardan biri Anvar Gʻaybullayevdir. Anvar issiqxona sharoitida sitrus mevalari yetishtirish hadisini olgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. U shaxsiy tomorqasida limon, mandarin va apelsin parvarishlab, yaxshigina daromadga ega boʻlmoqda. Bundan tashqari, tadbirkor oʻtgan yildan boshlab, banan yetishtirishni tajribada sinab koʻrdi.
Yosh tadbirkor, masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari Xurshid Jumayev davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻz muvaffaqiyatlarini yil sayin mustahkamlab bormoqda. Chunki u yer tilini yaxshi biladi. Qolaversa, Xurshid qisqa vaqt oraligʻida qishloq xoʻjaligi ilmini ham puxta oʻzlashtirib oldi. Ayniqsa qahramonimiz bugun issiqxona sharoitida ertangi bodring va pomidor mahsulotlari yetishtirishda oʻzining nimalarga qodir ekanligini koʻrsatmoqda.
Qorovulbozorda Xalq deputatlari Buxoro viloyati kenggashi deputati, tadbirkor Farrux Bekmirzayev yoshlar bandligini taʼminlash yoʻlida keng koʻlamdagi ishlarga qoʻl urmoqda.
Ayni paytda davlatimizning yoshlarga boʻlgan gʻamxoʻrligi bir qator tashabbuslarga qanot bagʻishlamoqda. Bunga misol, qorovulbozorlik Imomali Obloqulovga oʻtgan yili “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 200 million soʻm kredit ajratildi. Ish koʻzini biladigan Imomali ushbu mablagʻ yordamida chetdan 100 bosh zotli echki sotib oldi. Aytish joizki, 5 kishini ish bilan taʼminlagan yosh tadbirkor ixtiyoridagi echkilar bir yilda 100 boshga koʻpaydi.
Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani kenggashi deputati, tashabbuskor va sergʻayrat Alisher Mirzayev tomonidan tuman markazida ohak tosh ishlab chiqarish korxonasi barpo etilganligiga ikki yil boʻlayotir. Mahsulot sifatini korxona koʻzgusiga aylantirayotgan ahil va hamjihat jamoa asosan yoshlardan iboratdir. Bu yerda 2019-yilda 26 ta, 2020-yilda 12 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida yoshlarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash uchun sektorlar va tuman Xalq qabulxonasi oʻzaro hamkorlikda amaliy ishlarni davom ettirmoqda.
Nabijon Yaxshiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasi mudiri
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |