Koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi muammolari, murojaatlari bilan ishlash masalasi yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu vaziyatda Prezident Xalq qabulxonalari bilan fuqarolar yigʻinlari oʻrtasida oʻrnatilgan doimiy onlayn muloqot mahallalardagi mavjud holatni muntazam monitoring qilib, murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish uchun masʼullarni belgilash imkoniyatini yaratayotir.
Jizzax viloyatining Arnasoy tumandagi Oltin vodiy qishlogʻida yashovchi fuqaro Xursanoy Shodmonovaning Xalq qabulxonasiga murojaati asosida hududga yangi transformator oʻrnatilib, 1,2 kilometrga elektr uzatish tarmogʻi tortildi. Shu qishloqdagi Choʻlpon koʻchasida yashovchi Mansur Danaboyevning murojaatiga koʻra tuman gaz filiali tomonidan gaz quvuri tortilib, 40 ta xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlandi.
Bunday misollar koʻp.
– Koʻchamizda ichimlik suvi yoʻqligidan qiynalib kelayotgan edik, – deydi tumanning Gulbaxor shaharchasi Jambul koʻchasida yashovchi Guldona Tulebekova. – Ayniqsa, karantin davrida suvni uzoqdan tashib ichish jiddiy muammoga aylandi. Nihoyat Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatimiz eʼtiborsiz qolmadi. Tuman “Suvoqava” korxonasi tomonidan koʻchamizga suv quvuri yotqizilib 26 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Arnasoy tumani Xalq qabulxonasiga joriy yilning oʻtgan davrida kelib tushgan 130 ta murojaat oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, ularning 86 tasi ijobiy hal etildi. Shundan 10 tasi tushuntirish orqali qanoatlantirildi. 34 tasi oʻrganish jarayonida.
Shuningdek, virtual qabulxona orqali kelgan 36 ta murojaatning 32 tasi toʻliq qanoatlantirilib 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Tuman xalq qabulxonasida karantin davri bilan bogʻliq murojaatlarga alohida eʼtibor qaratilayotir. Masalan, Yangiboʻston qishlogʻida yashovchi E.Rajabovning murojaati boʻyicha hududga birkitilgan savdo tashkiloti orqali 9 tonna un yetkazib berildi. Zarafshon qishlogʻining K. Toʻxtayevning tuman hokimligi binosini taʼmirlashda ishlagan davri uchun ish haqini ololmayotganligi, Boʻston qishlogʻilik Sh.Umarov karantin tufayli onasini onkologiya shifoxonasiga olib borolmayotganligi kabi murojaatlari ijobiy hal etildi.
Hozirgacha tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan karantin bilan bogʻliq 17 ta murojaatdan 12 tasi ijobiy, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berib qanoatlantirildi.
Kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va oʻrganish karantin talablari asosida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilayotir. Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sektorlar rahbarlari hamda boshqa idora va tashkilotlarni jalb etgan holda oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi mahallalar kesimida yoʻlga qoʻyildi.
Bundan tashqari, xalq qabulxonalariga muhtoj insonlar va oilalarga yordam koʻrsatish istagini bildirib murojaat qilayotgan koʻplab savobtalab yurtdoshlarimiz va tadbirkorlarning homiylik yordamlari tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga yoʻnaltirildi.
Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yoʻqotganlar, yakka-yolgʻiz keksalar, nogironligi bor shaxslar, doimiy ish bilan band boʻlmagan insonlardan tibbiy-ijtimoiy, moddiy yordam koʻrsatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalariga birinchi navbatda eʼtibor qaratilib, ularni qisqa fursatlarda mutasaddi davlat tashkilotlari ishtirokida hal etish choralari koʻrilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |