2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzaxda sayyor qabul: Barcha murojaatlar joyida hal etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, respublika markaziy idora va muassasalari masʼullari tomonidan Jizzax viloyatida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilayotir.

Viloyatda mintaqaviy shaklda uch kun davom etishi moʻljallangan sayyor qabulning dastlabkisi Doʻstlik tumanidagi Navroʻz qishlogʻidan boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimlari, Respublika Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari hamda bir qator markaziy muassasalar viloyat xokimligi va sektor rahbarlari ishtirokidagi ommaviy qabulda Doʻstlik, Arnasoy va Mirzachoʻl tumanlari qamrab olindi.

 

Doʻstlik tumanida yashovchi Shohsanam Suvonqulova oʻzi uyi yoʻqligi tufayli ikki nafar farzandi bilan ijarada yashab kelayotir. Oʻzi ishsiz, turmush oʻrtogʻi ikkinchi guruh nogironi. Uni Respublika mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Elmira Bositxonova qabul qilib, vazirlikning tuman boshqarmasi, tumanning tegishli rahbarlari bilan murojaatni oʻrganib chiqdi.

 

photo_2020-06-04_20-37-04.jpg

Hozir tumanda uy qurilmayotir. Ammo bu oilaga uy kerak. Shuning uchun Sh. Suvoqulova uy olishga Ipoteka banki subsidiyasini oluvchilar roʻyxatiga birinchi navbatda kiritildi. Uning oʻzi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi qoshida tashkil etilgan kasbga oʻrgatish kursida oʻqitiladigan boʻldi. Oʻqish davrida unga toʻlanadigan stipendiya hozircha oilasini boqishga yordam boʻladi.

 

Hozirgi pandimiya davrida kam taʼminlangan oilalarda moddiy qiyinchiliklar yana-da ortdi. Doʻstlik tumani Oltin vodiy qishlogʻida yashovchi Margʻuba Anorova ham shu qiyinchilik tufayli sayyor qabulga kelganlardan biri.

 

 

– Turmush oʻrtogʻim nogiron, bir oʻgʻlimni Toshkentda davolatishimizga toʻgʻri kelib, oilamizda moddiy qiyinchilik yuzaga keldi, – deydi Margʻuba Anorova. – Yashayotgan uyimizni taʼmirlashda yordam soʻrab Prezident maslahatchisi qabulida boʻldim. Murojaatimni tumandagi tegishli rahbarlar bilan muhokama qilib, bir oy ichida uyimiz taʼmirlanadigan boʻldi. Davlatimizning bu yaxshiligini umrbod yoddan chiqarmayman.

 

photo_2020-06-04_20-37-17.jpg

Ommaviy qabulda jami 100 nafardan ziyod fuqaro turli masalalar boʻyicha murojaat etdi. Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning oʻzida hal etildi. Vaqt, mablagʻ talab etadigan murojaatlar tegishli idoralarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Sayyor ommaviy qabulga moddiy yordam, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, obodonlashtirish va yoʻllarni taʼmirlash, gaz, elektr, taʼminoti boʻyicha odamlarni qiynayotgan muammolar joyida koʻrib chiqib hal etilgani odamlarning davlatimiz siyosatiga, islohotlarning istiqboliga ishonchini yana-da oshirdi.

 

 

Ommaviy sayyor qabul davomida Prezidentimiz farmoni bilan fuqaroligi boʻlmagan ikki nafar kishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani munosabati bilan ularga fuqarolik pasportlari tantanali topshirildi. Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan Shukur Junusov va Shohida Yermonova davlatimiz rahbariga oʻzlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

 

photo_2020-06-04_20-37-13.jpg

Kuning ikkinchi yarmida shu tarkibdagi vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Paxtakor tumani markaziy istirohat bogʻida ommaviy qabul boʻldi. Unda Paxtakor, Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlari aholisining muammolari oʻrganildi.

 

Prezidentimiz tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qoʻyilayotganida chuqur maʼno va xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam ekanligi ommaviy sayyor qabullar davomida oʻz ifodasini topdi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Respublika markaziy idora va muassasalari masʼullari tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar davom etmoqda.

04.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar