Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida joylarda aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash har qanday darajadagi mutasaddilar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi.
Ayniqsa, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka va samarali bandlik shakllariga jalb etish joylardagi Prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ul idoralar faoliyatida pirovard yo‘nalishga aylanib ulgurgan.
Bu sohada Farg‘ona viloyatida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan, samarali natijalarga erishilgan.
Jumladan, Farg‘ona viloyatida 2019-yil yakunlari bo‘yicha jami 49 168 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2020-yilning yanvar-may oylarida 28 mingga yaqini, ya’ni 56% ishsiz yoshlar bandligi ta’minlangan. Ulardan: 7 900 nafari 1-sektor hissasiga, 7 041 – 2-sektorga, 7 017 – 3-s
O‘z navbatida ishsiz yoshlar quyidagi sohalarga jalb etildi. Tadbirkorlik va ishlab chiqarish - 5 405 nafar yosh yigit-qizlar. Ulardan 982 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirilib, 38 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. 1693 nafari – tekstil korxonalarida, 1516 nafari - xususiy sektorda (MChJ, YaTT tashkil etildi), 1214 nafari - boshqa mehnat turlari, ya’ni nonvoylik, chilangarlik, sartaroshlik, kosibchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarda bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, viloyatdagi 963 nafar ishsiz yoshlar - qurilish sohasiga, 5173 – turli davlat tashkilot va korxonalariga hamda 4 307 nafari - jamoatchilik asosida turi ishlarga jalb etilgan.
Ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashda «Har bir yoshga – bir gektar» dasturi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, viloyatning 11 854 nafar yoshlari qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilib, 2 643 nafariga 10-30 sotixdan er ajratib berildi, jami 1 128 gektar. Shulardan 522 gektari adir va tekisliklardan, 606 gektari esa bog‘lar orasidan. Ushbu ajratilgan er maydonlarining 72 ga - kartoshka, 172 - sabzavot, 189 ga - poliz, 103 ga - dukkakli, 345 ga – mevali daraxtlar, 195 ga – tut va uzum, 52 ga - moyli ekinlar ekildi.
Pandemiya sababli xorijdan qaytib kelgan yoshlarni ham ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil boshida Farg‘ona viloyatida xorijga chiqib ketganlarning soni jami 58 316 kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 7 902 kishi qaytib kelgan. Shulardan 4 699 nafari o‘tgan davr mobaynida ishga joylashtirildi. Xususan, 1 100 nafari – qishloq xo‘jaligi sohasiga, 380 nafari – xizmat ko‘rsatish sohasiga, 219 nafari – jamoatchilik ishlariga va 3 000 nafari – qurilish sohasiga jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar Prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan manzilli rejalar asosida izchil davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |