Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Obod mahalla» jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (25.07.2018 yilda 3043-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, «Obod mahalla» dasturida shahar aholi punktlarini obodonlashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, Prezidentning 27.06.2018 yildagi PF–5467-son Farmoni va Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3812-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Ishlarni moliyalashtirish maqsadida poytaxt va har bir mintaqa hokimligi huzurida yuridik shaxs hisoblanmaydigan «Obod mahalla» jamg‘armalari tashkil etiladi. Qabul qilingan hujjatda ularning mablag‘larini shakllantirish manbalari va sarflash yo‘nalishlari belgilandi:
Manbalar:
- respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari va ularning qo‘shimcha mablag‘lari;
- «Mahalla» xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablag‘lari;
- tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xarajatlar:
- mahalla aholisini ishonchli tarzda ichimlik suvi va oqava suvi ta’minotini, issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarishning zaruriy infrastrukturasini yaratish;
- sug‘orish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlari sathini pasaytirish;
- mahalla ichki yo‘llarini va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta’minlash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
- mahalla hududidagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini, umumta’lim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta’mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta’minlash;
- mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zaruriy maishiy xizmat va servis shoxobchalarini hamda bolalar maydonchasini, kichik istirohat bog‘ini qamrab oladigan «mahalla markazini» barpo etish;
- «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar.
«Obod mahalla» jamg‘armalari mablag‘larini boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha smeta tegishli hokim boshchiligidagi Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Uning tarkibiga sektorlar rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi. Tegishli hokimliklarning buxgalteriya xizmatlari esa jamg‘armalarning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |