2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzax viloyatidagi eng katta muammo bartaraf etiladimi

Suv isteʼmoli faqat istakka, ehtiyojga emas, uning manbaidagi miqdoriga, zaxirasiga ham bogʻliq. Tabiatning bu neʼmati hamma joyga teng tarqalmagani tufayli taqsimotda, taʼminotda tengsizlikni, yetishmovchilikni, norozilikni keltirib chiqaradi.

Bundan oʻn kun avval Jizzax viloyatida Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabullar davomida kommunal soha boʻyicha jami 43 ta murojaatning 41 tasi ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar haqida boʻldi.

Bu murojaatlarda bir kishining tashvishi emas, qishloq, mahallalar, baʼzilari bir necha manzillardan iborat hududlar aholisi nomidan qilingani hisobga olinsa, muammoning koʻlami nechogʻli katta ekanligini tasavvur etish qiyin emas. Bundan tashqari, ommaviy qabulga qilingan murojaatlar suv muammosi boʻlgan barcha hududlarni toʻliq qamrab olmasligi ham maʼlum.

Masalan, Mirzachoʻl tumani Gulzor aholisi nomidan qilingan murojaat ayni kunlarda suv taʼminoti bilan bogʻliq koʻplab qishloqlarga xos boʻlgan muammo haqida boʻldi. Bu qishloqqa bir vaqtlar suv uzatish tarmogʻi tortilgani, vodoprovod boʻlganini kattalar eslamasa, hozirgi yoshlar bilmaydi ham. Qishloq aholisi ichimlik suvining koʻp yillardan buyon boshqa joydan tashib keltirilishiga koʻnikib qolgan.

Ammo aholi mol-holiga va ichishdan boshqa ehtiyojlari uchun foydalanib kelayotgan lotok-ariq eskirib suv kelishi toʻxtashi, ichimlik suv tashiydigan mashinaning bir-ikki kun kelmay qolishi, suv taqsimotida adolatsizlik, birovlar koʻproq olib, birovlarga yetmasligi muammoni yana kuchaytirdi.

Qishloq ahlining ommaviy qabulga murojaati Respublika uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rahbarlari tomonidan oʻrganilib, dasturga kiritilishini, lotok-ariqni tuzatish mahalliy boshqaruv idoralari tomonidan hal etiladi, degan javob berildi. Masalaning boshqa yechimi yoʻq. Qishloqqa vodoprovod oʻtkazish birdaniga boʻladigan ish emas, hozircha tashib berilayotgan suvga qanoat qilishga toʻgʻri keladi.

Ammo saratonning oʻrtasida muammoni yengishga faqat qanoatning oʻzi kamlik qiladi. Qishloq aholisining zaxkash zovurdan suv tashiyotgan videotasvirlari, ichimlik suvi tashiydigan mashinaning ikki kunlab kelmay qolishi haqidagi, nolishlari ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketdi.

Albatta bunday “xabarlar” birinchi navbatda tuman hokimligini bezovta qiladi. Shu kuniyoq “muammoni oʻrganib, joyida hal etish” sohaga tegishli mulozimlar yetib kelishdi. Muammo maʼlum: suv birovga yetib birovga yetmayotir. Suvni koʻpaytirib boʻlmaydi, faqat suv tashiydigan mashinaning har kuni kelishini taʼminlash, taqsimotni tartibga solish kerak.

– 20 kundan buyon bizning koʻchamizga suvi yetib bormayapti, – deydi qishloqning “Turon” koʻchasida yashaydigan uy bekasi Shaxlo Shirinova. – Hamma suv mashinaning oldiga chiqib, talashib-tortishib olib qoʻyadi. Bizga oʻxshagan yetmaganlar suvni boshqa joylardan transport yollab olib kelishga majbur.

Qishloqda 260 xonadon bor. Toʻqqiz tonna sigʻimga ega mashina har kuni ikki qatnovda, orada buzilib turishini hisobga olmasa, oʻn sakkiz tonna suv olib kelar ekan. Bu har bir xonadonga salkam 70 litrdan suv toʻgʻri keladi, degani. Biroq yozning kuni, isteʼmol ortgan, buning ustiga suv tarqatishdagi tartibsizlik...

Biroq hozirgi vaziyatda suvni tartib bilan tarqatishni suv tashiydigan mashina haydovchisi udda qilolmaydi. Demak, bu ishni mahalla fuqarolar yigʻini qilishi kerak. Bir kishi masʼul boʻlib, keltirilgan suvni adolat bilan tarqatib bersa, odamlar norozi boʻlmaydi. Bu masalani tumandan kelib qilib berish shart emas. Mahallada shtatli xodimlar ham, faollar ham yetarli.

Albatta maxsus transport bilan suv tashib berish muammoning vaqtinchalik yechimi. Biroq bu “vaqtinchalik” doimiy hayot tarziga aylanib qolgan qishloq tumanda birgina Gulzor emas. “Toshkent”, “Oʻzbekiston” qishloq fuqarolar yigʻinlari hududlarida ham bir necha yildan buyon kanal va ariqlar suvini ichib kelayotgan mahallalar, koʻchalar aholisi bor.

Viloyatning boshqa hududlarida ham ichimlik suvi yillar boʻyi hal boʻlmay kelayotgan qishloq va mahallalar ham ommaviy qabulga shu masalada boʻlgan murojaatlar soniga qaraganda koʻproq. Hududdagi qishloqlarning yarmidan koʻpi markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlanmagan. Markazlashgan tarmoqlarda ham suv olish inshootlarining aksariyati oʻtgan asrning 70 — 80 yillarida qurilgani hamda juda eskirib ketganligi oqibatida ularning quvvati 3 barobardan koʻpga qisqargan.

Davlatimiz rahbari viloyatdagi bu oʻtkir muammoni hal etishga alohida eʼtibor qaratayotgani ham bejiz emas. Shu maqsadda Prezidentimizning 2018-yil 4-maydagi “Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2018-2020-yillarga moʻljallangan “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini yaxshilash” loyihasi amalga oshirilayotir. Shu yil bitkazilishi kutilayotgan inshoot ishga tushishi viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlashda tub burilish boʻlishi shubhasiz.

Loyiha asosida Baxmal tumanidagi Uzunbuloq qishlogʻida bir kecha-kunduzda 100 ming kub metr suv tozalash quvvatiga ega inshoot barpo etilmoqda. Qudratli nasoslar yordamida Zarafshon daryosining suvi 102 metr balandlikka koʻtarilib, ushbu tozalash inshootining bunyod etilayotgan maxsus hovuzlariga tashlanadi.

–Suv olish inshooti, suv koʻtarish va tozalash, saqlash inshootlari qurilishlaridagi asosiy qurilish-montaj ishlari bajarib boʻlindi, — deydi “Suv taʼminoti va oqava suv obyektlari qurilishi boʻyicha injenering kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Miraxmad Qoratoyev. — Hozir umumiy uzunligi 183 kilometr boʻlgan suv uzatish magistral tarmogʻi qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda. Loyiha doirasida 13 ta suv taqsimlash inshootlari rekonstruksiya qilinadi. 65 ta qishloqda 52 kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlarida tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu yirik suv inshootining bitkazilishi bilan aholining markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti qamrovi Jizzax shahrida 95,2 foizga, loyiha doirasidagi 65 ta qishloqlarda esa 29,2 foizga yetkaziladi. Baxmal, Gʻallaorol, Sh.Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari hamda Jizzax shahrida yashovchi 860,7 ming nafardan ziyod aholining ichimlik suvi taʼminoti tubdan yaxshilanadi.

Ha, aholini koʻp yillar qiynab kelgan muammoning hal etilishiga oz fursat qolmoqda. Biroq, markaziy tarmoqning ishga tushirilishi hammaning koʻchasiga, uyiga suv kirib boradi degani emas. Hali yuqorida misolda keltirilgan Gulzor kabi suv tarmogʻi tortilmagan, bundan ellik yil avval yotqizilgan temir quvurlar allaqachon yaroqsiz holga kelgan qishloqlar koʻp.

Suv esa har kuni zarur neʼmat. Mahalliy boshqaruv organlari eʼtiborini bu haqda ijtimoiy tarmoqqa chiqqandan soʻng, “ichki muammmolarni oshkor qilgan oʻzboshimcha”larni tiyib qoʻyishga emas, muammoning yechimini topishga koʻproq qaratsa foydali boʻladi. Chunki mahalliy boshqaruv organlarining obroʻ-eʼtibori mahalliy muammolarni hal etish bilan oshadi.

17.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar