2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Seshanba – yoshlarni ish bilan taʼminlash kuni

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Angor tumanida oliy va oʻrta maxsus hamda xalq taʼlimi muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashdi.

“Hokim va bitiruvchilar” mavzuida oʻtkazilgan tadbirda viloyat rahbari dastlab yoshlarga vohadagi epidemiologik holat va pandemiyani jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot berdi.

photo_2020-06-18_23-31-54.jpg

Prezidentimiz joriy yil 16-iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida bu yilgi bitiruvchilarni oʻqish va ishga joylashtirish alohida eʼtibor qaratib, bu borada hokimlar va sektor rahbarlariga muhim vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq tashkil etilgan uchrashuvda navqiron avlodning taʼlim olib kasb egallashi va oʻz yoʻnalishi boʻyicha mehnat qilishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.

 

Bu yil maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish uchun kvotalar oʻtgan yilga nisbatan 15.6 foizga oshirilib, bilimga chanqoq oʻgʻil-qizlarning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida ilm olishlari kafolatlandi. Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. Davlat grantlari 2 baravarga koʻpaytirildi. Qizlarimiz uchun alohida grantlar ajratildi.

 

photo_2020-06-18_23-31-40.jpg

Viloyatda 38 ming 480 nafar-oʻgʻil qiz umumtaʼlim maktablarini bitirmoqda. Ularning 4 ming 48 nafari yangi tashkil etilgan kollej va texnikumlarga, 34 ming 432 nafari oliygohlarga hujjat topshirishi kutilayotir. Shuningdek, “Oʻzini oʻzi band qilish” loyihasi doirasida 13 mingga yaqin, “Har bir oila tadbirkor” loyihasi doirasida 15 foizli imtiyozli kreditlar orqali 7 mingga, hunarmandchilikda “Ustoz shogird” loyihasi asosida 3 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi. 2 ming 726 nafar yoshlar vohada olib borilayotgan qurilish ishlariga jalb etiladi. Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash samaradorligini oshirish uchun viloyatda haftaning har seshanba kuni “Yoshlarni ish bilan taʼminlash kuni”, deb eʼlon qilindi.

 

Angor tumanidagi kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktalarini 1 ming 835 nafar yigit-qiz bitirdi. 141 nafar bitiruvchi oliy taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tugatayotir.

 

photo_2020-06-18_23-31-50.jpg

Ochiq muloqot asosida oʻtgan uchrashuvda bitiruvchi yoshlarning taklif, gʻoya va muammolari tinglanib, joyida hal etildi. Oliy taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlarni taʼlim, tibbiyot va boshqa muassasalarga ishga joylashtirish choralari koʻrildi.

Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlarning biznes gʻoyalari qoʻllab-quvvatlanib, ularga har taraflama koʻmaklashish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

photo_2020-06-18_23-32-00.jpg

Tadbirda umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholarga tugatgan 20 nafar oʻgʻil-qizga oltin va kumush medallar tantanali topshirildi. Shuningdek, oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga eng koʻp kirayotgan umumtaʼlim maktablari rahbarlari ham munosib ragʻbatlantirilib, qimmatbaho sovgʻalar tuhfa qilindi.

 

“Hokim va bitiruvchilar” mavzuidagi uchrashuvlar viloyatning boshqa tumanlarida ham oʻtkaziladi.

19.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar