"Obod mahalla" dasturining hayotga joriy etilishi natijasida yurtimizning ko‘plab mahallalari ko‘rkam maskanga aylanmoqda.
Stenddagi qiyosiy suratlar bo‘lmasa, bu mahallaning bir oy muqaddam qarovsiz ahvolda ekaniga ishonish qiyin. Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi "Tepaguzar" mahallasi ham fayzli va tarovatli, tanib bo‘lmas ko‘rinish kasb etdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga keng jamoatchilik vakillari, mahalla, xotin-qizlar, kasaba uyushmalari faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar taklif etildi.
“Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Jalilov va boshqalar yurtimizda kechayotgan shiddatli islohotlar, inson omiliga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar hamyurtlarimizning hayoti, taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bu jihatlar "Obod mahalla" dasturining amalga tatbiq etilishi jarayonida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi mazkur dastur ijrosiga munosib ulush qo‘shmoqda. Tashkilot tomonidan "Tepaguzar"dagi oilalar holidan xabar olinib, muloqotlar o‘tkazildi. Mahalladagi xonadonlarning ijtimoiy-maishiy ahvoli, ularni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar atroflicha tahlil etilgach, mahallada keng qamrovli bunyodkorlik va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. To‘qqizta bolalar maydonchasi, ikkita zamonaviy sport maydonchasi, otaxon va onaxonlar uchun "Nuroniylar maskani" barpo etildi. Mahalla hududidagi o‘nqir-chuqur yo‘llar tekislanib, asfalьt yotqizildi. Dov-daraxtlarning tartibsiz shox-shabbalari olib tashlandi. Ko‘p qavatli uylar atrofida aholi uchun qulay o‘rindiqlar va soyabonlarga ega dam olish joylari barpo etildi. Yo‘lak oldi va uylar orasiga 8 ta zamonaviy hordiq ayvonchasi, 180 ga yaqin chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar – urnalar o‘rnatildi. Irrigatsiya tarmoqlari, ariq va zovurlarda tozalash ishlari bajarildi. Turar-joylar atrofni obodonlashtirish jarayonida hudud katta hajmdagi chiqindidan tozalandi.
Federatsiya raisining o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadalievning aytishicha, yurtimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan "Obod mahalla" dasturi ushbu jamoat tuzilmasining g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shmoqda. Mahalladagi dolzarb masalalar, xonadonlardagi kayfiyatni o‘rganishga doir amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
– "Obod mahalla" dasturi doirasida bajarilgan katta hajmdagi ishlar mahallamiz tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi, – deydi mahalla faoli, matematik olim Haydarali Oripov. – Bu dahadagi ko‘p qavatli uylarning barpo etilganiga 47 yil bo‘ldi. Yurtimiz bo‘ylab shiddat bilan amalga oshirilayotgan "Obod mahalla" dasturi doirasidagi ezgu ishlar bizning mahallaga ham etib kelganidan juda xursandmiz. Bu dastur nainki bunyodkorlik ishlari bilan, balki turli toifadagi oilalar, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar, yolg‘iz keksalarga ko‘rsatayotgan amaliy ko‘magi bilan ham odamlarning ko‘nglini shod etmoqda.
– Mahallamiz mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi, – deydi faxriy o‘qituvchi Shukurnisa Muslimova. – Bu o‘zgarishlar mahallada istiqomat etuvchi odamlarning mudroq qalbini uyg‘otdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bolalar maydonchasidan jajjilarning kulgusi arimaydi. Barcha mamnun. Endi bu ne’matlarni asrab-avaylash, ularni ko‘z qorachig‘idek saqlash, mudom shukronalik tuyg‘usi bilan yashash burchimizdir.
Tadbirda kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga gaz plitasi, muzlatgich, televizor kabi maishiy jihozlar, bemorlarga maxsus aravachalar, protez-ortopedik vositalar, dori-darmon, sihatgohlarda salomatligini tiklash uchun yo‘llanmalar, bolalarga esa oromgohlarga yo‘llanmalar topshirildi. Xonadonlarga kirib, alohida ehtiyojli oilalar, yoshi ulug‘ insonlar, xastalar holidan xabar olindi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |