2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoro viloyati masʼullari 5,3 mingdan ziyod yoshlarga oʻz ishini topib berishi kerak

Buxoro viloyatida ham joriy yil avvalida 13 ming 374 nafar ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha “Manzilli reja”yu “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilar ekan, barchasi bitta formulaga asoslangani aniq: Xalq qabulxonalari va sektorlar yoshlarga ishlab daromad topishi uchun barcha sharoitu imkoniyatni yaratib beradi, yigit-qizlar esa belni mahkam bogʻlab faqat mehnat qilishi kerak.

Ilk natijalar yomon emas: joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish oʻrni va barqaror daromad manbaiga ega boʻldi. Yillik rejaning 85,5 foizdan ortigʻi uddalangani esa dastlabki marra, xolos. Endigi vazifa esa karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga oʻz ishini topib berishdan iborat.

Viloyatdagi ana shunday ishsiz yoshlar, ular bilan ishlashga masʼul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyatu salohiyat katta ekani taʼkidlandi. Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda oʻrganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga kirishildi.
 

Deylik, ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining oʻzida koʻp qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining oʻzida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod boʻsh ish oʻrniga ega: qay biriga gʻisht teruvchilar, kimgadir payvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar oʻrtasida kechdi. Natijada esa dastlabki kunning oʻzida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish obyektlariga ishga qabul qilindi. Buxorolik Javohir Arabov ham ayni togʻni ursa talqon qiladigan yoshda. Payvandchilikda tajribasi bor, malakasi yetarli. Anchadan beri muqim ish topa olmayotgan Javohir mana endi «Buxoro siti» loyihasi doirasidagi yirik savdo majmuasi qurilishida oʻz ishini topdi.
 

Darvoqe, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Birgina mana shu «Buxoro siti» tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

23.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar