Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, yerdan unumli foydalanib, daromad olishga sharoit yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, yoshlarni ish oʻrinlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Xususan, boʻsh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlar hisobidan ajratilgan 5 ming gektar yerda sabzavot, poliz va chorva mollari uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, yoshlarning ishsizlik muammosi bartaraf etilmoqda.
Taʼkidlash joiz, ayni paytda tumanda mazkur yoʻnalishda jami 300 nafarga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlangan. Ular asosan, ijarachi dehqon, suvchi, traktorchi, avtotransport vositalari haydovchisi, veterinar, zootexnik kabi kasblarda faoliyat yuritmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |