2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Eng asosiy mezon xalq ishonchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, davlat va xalq oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni yana-da mustahkamlashda muhim oʻrin tutmoqda.

Prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi faoliyati bunga yaqqol misoldir.

 

– Avvalo taʼkidlash joizki qabulxonamizda murojaat bilan kelayotgan fuqarolar uchun zamonaviy jihozlangan kutish zallari, ona va bola, tibbiyot xonalari, murojaatlarni qabul qilish xonalarida barcha zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan, – deydi qabulxona mudiri Muhiddin Valiyev. – Joriy yilning oʻtgan davrida viloyat, tuman va shahar xalq qabulxonalarida asosan tabiiy gaz, elektr taʼminoti, toza ichimlik suvi va kommunal toʻlovlar, uy-joy, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratish, aliment, moddiy yordam, ish bilan taʼminlash yuzasidan qabul qilingan 3 mingdan ziyod ariza va shikoyatning 2 ming 555 tasi oʻz oʻrnida tezkorlik bilan hal etildi. Murojaatchilarning talabi qondirildi. Bundan tashqari, 300 dan koʻproq murojaat boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berildi. Muayyan vaqt talab etadigan 600 yaqin murojaat esa taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat va boshqa xoʻjalik organlari tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

 

Faoliyatimizda ariza, shikoyat va takliflarga tezkor yechim topish bilan birga, ularning kelib chiqish sabab va omillarini atroflicha tahlil etish, yoʻnalishlar boʻyicha monitoring qilishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Tahlillar natijasi viloyatimizda aholini qiynayotgan asosiy muammolar tizimini aniqlash va bu borada zarur qarorlar qabul qilishga asos boʻlmoqda.

 

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda qonun talablarini buzganlik yoki loqaydlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan ham oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrib borilmoqda. Jumladan, oʻtgan davr mobaynida uch nafar mansabdor shaxs maʼmuriy, oʻn toʻqqiz nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi. Masalan, fuqaro M. Norqoʻziyevaning Mingbuloq tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaati oʻz vaqtida oʻrganilib, zarur chora koʻrilmaganligi uchun tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdimnoma kiritildi va markaz xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi.

 

Norin tumanida oʻn besh nafar fuqaroning murojaatini koʻrib chiqishda qonun talablariga rioya qilinmagani holati yuzasidan tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilishi taʼminlandi va ushbu murojaatlar ijobiy yechim topdi.

 

Ishonch – bu inson uchun baxt omillaridan biri. Aytish mumkinki, Prezidentning Xalq qabulxonasi bugun fuqarolarning umid-ishonch manziliga aylandi. Namangan ahli oʻzining yangi gʻoyalarini hayotda aks ettirishda, muammolarini orzular roʻyobi bilan almashishda aynan shu manzilga ishonch bildirmoqda.

 

Kosonsoy tumani Jar mahallasi aholisini maktab masalasi yillar davomida qiynagan. Qishning chillasi-yu yogʻingarchilik kunlarda uzoq masofani bosib, qoʻshni qishloqqa ilojsiz qatnab taʼlim olayotgan yoshlar uchun bu masalaga nihoyat yechim topildi. Nabixon ota Salomovning mahalla nomidan xalq qabulxonasiga murojaati qisqa fursatlarda koʻrib chiqilib, ijroga kiritildi. 8,2 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurilayotgan 420 oʻrinli umumtaʼlim maktabi yangi oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni bagʻriga oladi.

 

Namangan shahridagi Yuqori Rovuston mahallasida yashovchi A. Abdualimov oʻz murojaatida mahalla aholisi uchun ichimlik suvi tarmogʻi tortib berilishini soʻragan. Namangan shahar xalq qabulxonasining saʼy-harakati natijasida mazkur mahallaga 150 million soʻm mablagʻ sarflanib, 2,5 kilometr masofaga toza ichimlik suvi tortib berildi hamda 600 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli Toshkent mahallasida yashovchi D. Otaboyevaning Qorasuv mahallasi kanalizatsiya tizimini yangilash masalasida murojaati ijobiy hal etilib, 550 million soʻm mablagʻ sarflandi va 700 metr masofada kanalizatsiya tarmogʻi tortib, ishga tushirildi. Shuningdek, Pop tumani Oʻrta Xonobod mahallasida yashovchi J. Qoʻshmatovning aholiga jiddiy talafot yetkazayotgan selxonani taʼmirlashda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ham ijobiy hal etilib, selxona taʼmirlanib, beton toʻsiqlar va suv quvurlari oʻrnatib berildi.

 

Qabulxonaga kelib tushgan koʻplab murojaatlarda bandlik muammosi oʻz ifodasini topgani holda bularga munosib yechim ham topilmoqda. Kosonsoy tumanidagi 28 gektar yer maydoni 220 nafar kam taʼminlangan, koʻmakka muhtoj yoshlarga 8 sotixdan boʻlib berildi. Qurilayotgan issiqxonalar endi yoshlarning daromad manbai boʻladi.

 

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligini yoʻlga qoʻyishga kirishgan “Ibodulla GOLD invest” fermer xoʻjaligi rahbari dastlab yer maydoni yetishmovchiligi sabab muammolarga duch keldi. Qabulxonaga murojaati oʻrganib chiqilib, Kosonsoy tumanining chekka hududidan unga yer maydoni ajratildi. Hozirda 120 bosh qoramol, 225 bosh qoʻy, 25 ta tuyaqush va 30 quti asalari boqayotgan xoʻjalik rahbari bu ishlar hajmini yana-da kengaytirish niyatida.

 

Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki xalq qabulxonasi aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlashda qator tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, “Terriy Jar Tekstil” korxonasida ishlayotgan 700 nafar ishchining 60 nafari aynan Xalq qabulxonasi mutasaddilari tavsiyasi bilan ishga qabul qilindi.

 

Pandemiya davrida ham fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish toʻxtatib qoʻyilgani yoʻq. Viloyat va tuman xalq qabulxonalarida murojaatlar “Ishonch telefonlari” orqali qabul qilinib murojaatlar tegishli tartibda koʻrib chiqilmoqda.

 

Muxtasar aytganda, xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etishi orqali yurtdoshlarimizning davlatga, adolatga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda.

10.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar