2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod qishloqda uy to‘ylari o‘tkazildi

"Manas"da "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida tumandagi nogironligi bo‘lgan oilalardan 20 tasida turar-joylar kaliti topshirildi.

- Tumanimizda Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi ta’minlanmoqda,-deydi tuman hokimi Ulug‘bek Uzoqov. - Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan fuqarolar qayta ro‘yxatga olinib, ular holidan doimiy xabardor bo‘lib borilmoqda.  Ulardan 20 nafari uy-joy bilan birgalikda maxsus aravachalar va zarur jihozlar taqdim etilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Albatta, inson qulay oshyonga ega, oila a’zolari yonida sog‘-salomat bo‘lsa, yaqinlari atrofida ekanligini his etsa ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Bugun Baxtiyor Sarimsoqov va Feruza Mamirovalarning quvonchi cheksiz.

-  "Bunyodkor" qishlog‘ida turmush o‘rtog‘im va uch farzandimiz bilan hech qanday sharoitlar bo‘lmagan noturar joyda yashardik. Prezidentimiz va boshqa rahbarlarimizning yordami bilan ikki xonali turar joyga ega bo‘ldik. Bundan boshimiz ko‘kka etmoqda. Uyimizda yaratib berilgan sharoitlarni ko‘rib, ko‘zlarimizdan sevinch yoshlari arimayapti. Biz va biz kabilarni tinchligi, xotirjamligini o‘ylaganlar doimo sog‘ bo‘lsin,-deydi Feruza Mamirova.

01.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar